Toşkentda ötayotgan “Şeriklik taşabbuslari haftaligi”ning 6 iyul kungi dasturi doirasida yirik transport infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş hamda özaro boğliqlikni barça transport sohalarda rivojlantiriş masalalariga bağişlandi.

Tadbirda Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston, Latviya transport vazirlari, xalqaro taşkilotlar vakillari hamda 50 dan ortiq davlatlardan kelgan xorijiy mehmonlar iştirok etdi.

Mutaxassislar xalqaro yuk taşuvlari va logistikani rivojlantiriş orqali davlatlar örtasida xalqaro savdoni kengaytiriş, bu borada olib borilayotgan işlarning ahamiyatiga töxtalib ötdi.

“Oxirgi yilning özida qöşimça 15 ta samolyot olib kelindi. Havo yöllari 2027 yilga borib özining umumiy flotini 2 barobarga kötarmoqçi. Ya’ni hozirda bu raqam 30 ta bölsa, endilikda 60 taga yetkazişi kutilmoqda. Yangi xususiy aviakompaniyalar paydo bölgani ham şu jumladan.

Temiryöl sohasi raqamlaşgani, unda yagona darça xizmati yölga qöyilgani, yangi infratuzilmaviy loyihalar, xususan, transafğon, Özbekiston – Qirğiziston – Xitoy temiryöl loyihasi va örta koridor uçun qilinayotgan tahliliy işlarni ham misol qilib keltirsa böladi”, – deydi transport vazirining örinbosari Jasurbek Çoriyev.

Sessiyada xalqaro transport koridorini rivojlantirişda tilga olingan eng yirik infrzatuzilmaviy loyihalardan biri Özbekiston – Qirğiziston – Xitoy temiryöl qurilişi böldi.

Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantiriş muammolarini örganiş markazi direktori Bekzod Xolmatovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, hozirda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari şakllantirilgan, uni amalga oşiriş uçun Bişkekda loyiha ofisi ham taşkil qilingan.

“[Tadbirda] Şu yilning özida bu temiryöl qurilişining boşlanişi, ahamiyati, bu liniya qurilgaç nafaqat Özbekiston va Qirğiziston, balki Markaziy Osiyo davlatlari uçun yangi xalqaro koridor bölişi, mintaqani tranzit habiga aylantirişi mumkinligi haqida qisqaça töxtalib ötildi. Yaqin kunlarda Xitoyning Sian şahrida 3 tomonlama uçraşuv bölişi kutilmoqda. Öşa yerda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini qabul qiliş, kelgusi işlarni amalga oşiriş kelişib olinişi lozim. Loyihaning ma’lum bir yönalişi aniqlab olingan, endilikda uni qanday amalga oşiriş, moliyalaştiriş manbalari qanday böladi, davlat-xususiy şeriklik masalalari bor, konsorsium tuzib, xalqaro moliya taşkilotlarining mablağlari hisobidan amalga oşiriladimi – mana şu masalalar keyingi uçraşuvda muhokama qilinadi”, –