Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy «O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» yangi temir yo‘lining bir nechta variantini taklif qildi
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
Transport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining islohotlar va rivojlanish bo‘yicha davlat qo‘mitasining chet el kapitali va xorijiy investitsiyalar departamenti bosh direktori o‘rinbosari Chjen Chiping boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temir yo‘l loyihasini amalga oshirish yuzasidan muhokamalar o‘tkazilgan. Xitoy tomoni mazkur temir yo‘l liniyasi o‘tishi mumkin bo‘lgan hududlar bo‘yicha o‘z takliflarni bildirdi.
Tomonlar ushbu temir yo‘l liniyasi nafaqat bir davlat uchun balki butun mintaqa rivoji va taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab o‘tishdi. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida multimodal tashuvlar hajmini ko‘paytirish, hamkorlikda avtomobil tashuvlarini faol rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, yangi temir yo‘l Xitoydan Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga eng qisqa yo‘l hisoblanadi. Mavjud yo‘nalishlarga nisbatan masofa 900 km.ga, yuklarni yetkazib berish muddati 7-8 kunga qisqaradi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, yiliga kamida 5 million tonna yuk tashish yo‘lni qurish uchun ketgan xarajatlarni to‘liq qoplaydi.
Mavzuga oid
12:13
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
15:42 / 09.01.2026