«Mening pozitsiyam aniq – Mbappe tekinga qöyib yuborilmaydi. Agar Kilian qolişni istasa, biz ham uning qolişini xohlaymiz, ammo har safar buni takrorlaşni istamayman. Jamoada qoliş uçun Mbappe yangi şartnomani imzolaşi kerak.

Jahonning eng yaxşi öyinçisini tovon pulisiz qöldan çiqarişni istamaymiz. Bunga yöl qöyib bölmaydi. Bu fransuz klubi. 

U har qanday holatda ham jamoadan tekinga ketmasligini aytgandi. Hozirga kelib uning fikri özgargan bölsa, bu mening aybim emas.

Biz dunyoning eng yaxşi futbolçisini tekinga qöyib yubora olmaymiz. Bu barça uçun tuşunarli bölişi kerak», - deya Nosir Al-Xelayfining sözlarini keltirgan RMS Sport.

Ma’lumot uçun, Mbappening amaldagi kelişuvi 2024 yilga qadar belgilangan. U kelasi mavsum jamoani erkin agent sifatida tark etiş imkoniyatiga ega böladi. Fransiyalik 24 yoşli forvardga hamon «Real» klubi asosiy da’vogar sanalmoqda.