Dunyo tarixida eng past tabaqa bölmiş qullikdan eng yuqori daraja — hukmdorlikkaça kötarilgan şaxslar uçrab turadi. Şu bilan birga, hukmdor bölmasa-da, ikkinçi darajali şaxs — boş vazir lavozimini egallagan qullar ham ançagina. Şajaraviy an’analarga amal qilinuvçi davrlarda bunday ulkan yölni bosib ötiş, şubhasiz, ança maşaqqatli bölgan. Özbekiston tarixida ham qullikdan quşbegilikkaça yölni bosib ötgan bir qança tarixiy şaxslar bor. Ayniqsa, Buxoro amirligida.

Muhammad Davlat quşbegi

1756 yil Buxoro xonligida rasman manğitlar sulolasi hukmronligi boşlanadi. Manğitlar Çingizxon avlodi bölmagani bois, özlarini «xon» emas «amir» deb ataydi va Buxoro xonligi Buxoro amirligiga aylanadi.

Şu yili manğitlar sulolasi hukmronligiga tamal toşi qöygan Muhammad Hakimbiyning qullaridan biri, asli xurosonlik fors, turkmanlar tomonidan qul qilinib, Buxoroga olib kelib sotilgan Muhammad Davlat Buxoro hukmdori Rahimbiy buyruği bilan Buxoro quşbegisi etib tayinlanadi. Quşbegi (parvonaçi) — Buxoro amirligida boş vazirga teng lavozim bölib, u mamlakatda amirdan keyingi ikkinçi darajali şaxs edi. Amir harbiy yurişga yoki safarga ketgan paytlarda davlatni quşbegi boşqargan va u amir bilan birga Ark qörğonida yaşagan. Buxoroning köplab quşbegilari ta’sir doirasi va boylik borasida bemalol amirlar bilan bellaşa olgan.

Asli xurosonlik qul bölgan Muhammad Davlatning quşbegilik lavozimigaça bosgan yöli haqida ma’lumotlar köp emas. Tarixçi va olim Ahmad Donişning «Manğitlar tarixi» asarida Muhammad Davlat amir Rahimbiy vafotidan söng taxtga kelgan Doniyolbiy otaliq hukmronligi davrida juda ulkan hokimiyatga ega bölgani, butun vazirlik işlarini öz qöliga olgani aytiladi. Ahmad Doniş Muhammad Davlatga «axloqan buzuq va şafqatsiz qotil» deya ta’rif bergan.

Yakunda Buxoroning qullikdan quşbegilikka kötarilgan ilk boş vaziri amir Doniyolbiyning öğli amir Şohmurod buyruği bilan qatl etiladi. Amir Şohmurod quşbegini lavozimidan öz manfaatlari yölida foydalaniş va taniş-bilişçilikni kuçaytirişda ayblagan.

Muhammad Davlat 1756 yildan 1785 yilgaça, deyarli öttiz yil davomida Buxoro amirligi quşbegisi lavozimida işlagan.

Muhammad Yoqub

Muhammad Davlatdan farqli ölaroq, Muhammad Yoqub quşbegi Buxoro amirligi tarixida ança muhim rol öynagan. U Rossiyaning Buxoro amirligiga yurişi davrida (1866-1868 yillar) Buxoro quşbegisi va amirlik qöşinlari boş qömondoni edi.