Qöşma Ştatlar Ukrainaga kassetali öq-dorilar yetkazib berişini e’lon qilmoqçi. Bu haqda AQŞ prezidenti ma’muriyatining yuqori martabali amaldoriga asoslanib, The New York Times xabar berdi.
Naşrning qayd etişiça, avvalroq Vaşington tinç aholiga tahdid borligi sababli Kiyevga bunday öq-dorilarni yuborişga rozi bölmagan.
CBS News amerikalik rasmiylarga tayanib, AQŞ Ukrainaga kassetali öq-dorilar yetkazib berişni ma’qullaş töğrisida şu hafta qaror qabul qilişini yozmoqda. Vaşington Kiyevga bunday raketalarni yuboriş imkoniyatini körib çiqmoqda, çunki Ukraina «kutilganidan sekinroq» davom etayotgan qarşi hujum uçun öq-dorilarga muhtoj.
Kassetali bomba portlaganda, atrofga kiçikroq portlovçi öq-dorilarni soçadi. Ulardan foydalaniş tinç aholi uçun xavf tuğdiradi, çunki portlamay qolgan bombalar öziga xos minaga aylanişi mumkin. Kassetali öq-dorilardan foydalaniş 2008 yilgi konvensiya tomonidan taqiqlangan. 2022 yil holatiga köra, konvensiyaga jami 123 ta davlat imzo çekkan.
6 iyul kuni Human Righs Watch taşkiloti Rossiya va Ukraina kuçlari uruş paytida allaqaçon kassetali öq-dorilardan foydalangani, bu esa tinç aholi orasida qurbonlarga olib kelgani haqida xabar berdi. Huquq himoyaçilarining aytişiça, agar Qöşma Ştatlar Ukrainaga bunday öq-dorilarni yetkazib berişga rozi bölsa, bu «muqarrar ravişda tinç aholining qurbon bölişiga olib keladi».
Mart oyi boşida Reuters agentligi Ukraina hukumati Qöşma Ştatlardan kassetali öq-dorilar söraganini yozgan edi. Kiyev Vaşingtondan odatda samolyotdan taşlanadigan MK-20 kassetali bombalarni söragan. Har bir bunday bomba havoda oçiladi va 240 dan ortiq öq-dorilarni atrofga soçadi.












