Rossiya yadro kallaklari allaqaçon Belarusga olib kelingan, dedi Aleksandr Lukaşenko 6 iyul kuni Minskda xorijiy va belaruslik jurnalistlar bilan uçraşuvda.

«Yadro qurollarini joylaştiriş punktlari bir oy oldin töliq tayyor edi. Ularning aksariyati köçirildi va Belarusda joylaşgan. Yil oxirigaça, ammo, menimça, undan ham oldin biz buning uçun möljallangan jangovar kallaklarni töliq köçiramiz», deb xabar berdi u hamda jangovar kallaklar «yer orqali» köçirilmaganini, ikki davlat ularning joylaştirilişini birgalikda nazorat qilişini qöşimça qildi. «Biz qurolli kuçlarning hozirgi tarkibiga özimiz xizmat qila olmaymiz. Şuning uçun hamma narsani birgalikda qilyapmiz», - dedi u.

Lukaşenkoning ta’kidlaşiça, Belarus ğarb davlatlariga hujum qilmoqçi emas. «Qöllaşdan xavotir olmang: biz AQŞ, Germaniya yoki Buyuk Britaniyaga hujum qilmoqçi emasmiz. Biz heç kimga yadroviy qurol bilan hujum qilmaymiz», dedi u va qurol Belarusda mudofaa maqsadlarida joylaştirilganini qöşimça qildi. «Bizga tegmang. Yadro qurolini esa unuting. Lekin Belarusga qarşi tajovuz qilsangiz, javob bir zumda böladi. Maqsadlar aniq», - deya ogohlantirdi Lukaşenko.

25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarusda Rossiya yadro qurolini joylaştiriş rejasini e’lon qildi. 16 iyun kuni Putin Rossiyaning birinçi yadro quroli Belarusga yetkazilganini va butun partiya yil oxirigaça yetib borişini ta’kidladi. Moskva Minskka jangovar kallaklardan taşqari yadroviy qurol taşuvçisi bölişi mumkin bölgan «Iskandar» raketa tizimini ham topşirdi. Belaruslik uçuvçilar Rossiyada öqitildi.