"Axborot parhezi"ga öting

Foto: Shutterstock

Axborotning katta oqimlari asab tizimini zararlaydi va dam olişni qiyinlaştiradi. Yangilik saytlari, kanallari va ijtimoiy tarmoqlar doimiy ravişda bizning e’tiborimiz uçun kuraşadi, köpinça bir xil mavzularni yoritişadi. Şuning uçun, ularga köp vaqt ajratiş şart emas. Birgina işonçli, muhim axborot vositasini kuzatişning özi yetarli.

Tez-tez tanaffuslar qiling

Agar siz juda köp vazifalar talab qiladigan qiyin sohada işlasangiz, özingizga kamida yarim soat ajrating. Stulingizdan turing va jismoniy faoliyat bilan şuğullaning. Turli yengil maşqlar, çöziliş gimnastikalarining özi ham kişidagi çarçoq va diqqat yetişmasligini bartaraf qila oladi.

Tez-tez köçaga çiqing

Ayniqsa, iş vaqtida. Binodagi eskirgan havo samaradorlikni pasaytiradi, boş oğriğiga va stressga olib keladi. Olimlar hatto “kasal bino sindromi” atamasini ham köp işlatişadi, bu holat bino havosini almaştirmaslik, yoritiş va isitiş tizimlarining yomonligi tufayli oğriqli alomatlar yuzaga kelişiga sabab böladi. Sizning işxonangizda barça imkoniyatlar mavjud bölsa-da, toza havo tanangizga köproq yoqadi.

Dam oliş soatlarini oldindan rejalaştiring

Foto: Shutterstock

Işdan söng yoki dam oliş kunini qanday ötkazişingizni oldindan hal qiling, uni sevimli maşğulotlar bilan töldirişga harakat qiling. Maqsadsiz yotiş yanada çarçoqqa olib keladi. Uning örniga qiziqarli dam oliş kunlari bilan siz samaraliroq işlaysiz.

Dam oliş kunida iş haqida öylamang

Dam oliş kunida işga “tegmaslikka”, bu haqda umuman öylamaslikka özingizga va’da bering. Muhim uçraşuv yoki tugallanmagan iş bölsa ham. Yodingizda bölsin, sizning şaxsiy hayotingiz bor, bu kunni butunlay oilangizga bağişlang.