Özbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligi (Özaviatsiya) Rossiya aviatsiya ma’muriyatiga mamlakatlar örtasidagi havo qatnovini köpaytirişni taklif qildi. Gap Moskva va Toşkent, şuningdek, Sankt-Peterburg va Toşkent örtasidagi reyslar sonini oşiriş haqida ketmoqda. Bu haqda «Vedomosti»ga Rossiya aviakompaniyalaridan biridagi manba ma’lum qilgan. Rossiya transport vazirligi vakili havo qatnovini köpaytiriş taklifi «kun tartibida» ekanini tasdiqlagan.

Qayd etilişiça, mamlakatlar örtasidagi hukumatlararo kelişuvga özgartirişlar kiritiş taklif qilinmoqda. Jumladan, «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi poytaxtlar örtasidagi haftalik reyslar sonini ikki barobarga oşirib, 25 tadan 50 taga yetkazmoqçi, Sankt-Peterburg va Toşkent örtasidagi parvozlarni haftasiga 7 tadan 14 taga oşiriş taklif etilmoqda.

Rossiya aviakompaniyalarida Özbekiston havo hududida parvoz qilişi mumkin bölgan ikki tomonlama röyxatga olişdan «tozalangan» samolyotlar yetişmayapti. Şu bois, mamlakatlar örtasidagi havo qatnovini kengaytiriş böyiça ijobiy qaror özbek aviakompaniyalariga qöl kelişi mumkin.

Naşrning ta’kidlaşiça, Özbekistonga reyslarga talab ança yuqori: 2023 yil birinçi yarmida Moskvadan yölovçi qatnovlari soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 95 foizga, yölovçi taşiş hajmi esa 89 foizga oşgan.