Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, mamlakatlarimiz örtasida parlamentlararo munosabatlarni yanada mustahkamlaş, xalqaro tuzilmalar doirasida şerikçilikni kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbatda döst xalqlarimizni çuqur tarixiy riştalar, öxşaş mentalitet, an’analar va ma’naviy qadriyatlar boğlab turgani alohida ta’kidlandi. Sönggi yillarda Özbekiston-Eron hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib borayotgani, parlamentlararo munosabatlar yangi bosqiçga çiqqani, şu nuqtayi nazardan ikki mamlakat parlamentlari oliy darajada erişilgan kelişuvlarning amaliy ijrosini ta’minlaş maqsadida parlament nazoratini amalga oşiriş muhimligi qayd etildi.

Uçraşuv yakunida istiqboldagi rejalar va loyihalarni hayotga tatbiq etişda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaşga kelişib olindi.