Meta korporatsiyasi 5 iyul kuni yangi Threads ijtimoiy tarmoğini taqdim qildi. U bir sutkadan kamroq vaqt içida 30 million foydalanuvçiga ega böldi. Threads ijtimoiy tarmoği Ilon Mask egalik qiluvçi Twitter platformasiga öxşaş bölib, qisqa postlar, surat va videolar joylaştiriş imkonini beradi. 

7 iyul kuni Twitter rahbariyati Threads ijtimoiy tarmoğining işga tuşirilişi munosabati bilan Meta korporatsiyasini sudga berişini e’lon qildi. Twitter fikriga köra, Meta tijorat siridan foydalangan va intellektual mulkni öğirlagan. 

Threads ijtimoiy tarmoği loyihasi 2023 yil yanvar oyida start oldi. Bundan uç oy avval amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter platformasini sotib olib, ijtimoiy tarmoq kontenti moderatsiyasiga özgartirişlar kiritdi. Oqibatda, bu köplab foydalanuvçilar noroziligiga va boşqa mikroblog servislarini izlaşiga sabab böldi. 2022 yil noyabr oyida Meta korporatsiyasi vaziyatdan foydalanib, yangi ijtimoiy tarmoq ustida iş boşlaganini e’lon qildi. 

Ilova haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida 2023 yil mart oyida paydo böldi. Iyun oyida The Verge naşri Meta top-menejyeri Kris Koks tomonidan «Twitter muqobili» sifatida tavsiflangan Project 92 loyihasi haqida ma’lumot berdi. 

Threads ijtimoiy tarmoği 5 iyul kuni foydalanuvçilarga taqdim etildi. Undan 100 ta mamlakat fuqarolari foydalanişi mumkin. Faqat Yevropa Ittifoqi davlatlari bundan mustasno, çunki Meta mahalliy tartibga soliş organlaridan maxfiylik masalalari böyiça tuşuntirişlarni kutmoqda. 

6 iyulga kelib, ilova 30 million marta yuklandi va ChatGPT tomonidan örnatilgan rekorddan özib ketdi. Öşa kuni Twitter advokatlari Meta korporatsiyasini sudga beriş niyatida ekanini, kompaniya ilovani işlab çiqişda tijorat sirlaridan foydalanganini da’vo qilişdi. 

Threads asosiy xususiyatlaridan biri şundaki, uning akkauntlari Instagram bilan çambarças boğlangan. Yangi mikroblogda röyxatdan ötganda, foydalanuvçi Instagram tarmoğidagi kabi nom oladi. Şu bilan birga, Instagram akkauntini öçirmasdan turib Threads akkauntini öçirib bölmaydi. 

Threads asosçilari ijtimoiy tarmoq tez orada boşqa servislar bilan integratsiyalaşişini aytişmoqda. Bu kontent almaşiş va boşqa platformalardan obunaçilarni jalb qiliş imkoniyatini berişi kutilmoqda.

Avvalroq, Threads işga tuşirilişidan xabardor bölgan Ilon Mask Meta xöjayini Mark Tsukerbergni yakkama-yakka kuraşga çaqirgan edi. Öz navbatida Tsukerberg uning taklifini qabul qilib, jang ötkaziladigan joyni tanlaşi mumkinligini aytdi. Jamoatçilik ikki milliarderning niyati qançalik jiddiy ekani haqida öylanib qoldi. Biroq, endi ular kamida sudda orani oçiq qilişga urinişiga şubha yöq.