Ukrainadagi uruşning 500-kuni ötdi: Asosiy xabarlar

  • 8 iyul tongida Rossiya qöşini Limanni öqqa tutdi — bu Donetsk oblastining Kramatorsk rayonidagi şahar. Hududiy prokuratura xabariga köra, şaharga kassetali öq-dorilar bilan zarba berilgan. Ukraina hukumatining sönggi ma’lumotlariga köra, töqqiz kişi halok bölib, 12 kişi yaralangan. Xususiy uy, dökon va beşta yengil maşina şikastlangan.
  • Uruşning 500-kuni munosabati bilan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Zmiyniy orolidan videomurojaat yölladi. Bu hududni Rossiya keng kölamli uruşning ilk kunida egallab olgandi, ammo 2022 yil yozida Ukraina tomoni orol ustidan nazoratni qaytarib oldi. Murojaatda Zelenskiy «Ukraina uçun kuraşayotgan barçaga» minnatdorçilik bildirdi. 
  • AQŞ Ukrainaga kassetali öq-dorilar yetkazib berişini e’lon qildi. Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov mamlakat ulardan mamlakatning «faqat xalqaro tan olingan hududlarini deokkupatsiya qilişda işlatilişi»ni va’da qildi. Rossiya TIVdagilar hisoblaşiça, AQŞning bu qarori «mojaroni maksimal darajada çöziş»ga qaratilgan. 
  • «Azovstal» mudofaasiga rahbarlik qilgan beş komandir Turkiyadan Ukrainaga qaytarildi. Kreml Anqara va Kiyevni kelişuvni buzişda aybladi. Rossiya hukumati asirlarni almaşuv şartiga köra, komandirlar uruş oxiriga qadar Turkiyada qolişi kerak bölganini eslatgan.
  • Rossiya va Belarusdan bölgan 500 nafardan ortiq sportçilar Xitoyning Hangçjou şahridagi Osiyo öyinlarida iştirok etadi. Bu turnir ularga Parij Olimpiadasiga yöllanma oliş imkonini beradi. Rossiya va Belarusdan bölgan sportçilar musobaqalarda betaraf tomon sifatida qatnaşadi, ya’ni milliy ramzlarsiz. Ularning natijalari medallar hisobiga kiritilmaydi.

«Azov» komandirlarining Ukrainaga qaytişi

2022 yil mayida «Azovstal» uçun janglardan keyin asir tuşgan va sentabr oyida asirlar almaşinuvi doirasida ozod etilgan, ammo Moskva va Kiyev kelişuviga köra, keyingi oylarda Turkiyada kuzatuv ostida turgan komandirlar Turkiyadan Ukrainaga qaytarildi. Ularni vatanga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy olib qaytdi. Uning matbuot xizmati Turkiya tomoni unga beş nafar harbiy xizmatçini topşirayotgani aks etgan