Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumanidagi 848-saylov uçastkasida jami 2 821 nafar saylovçi röyxatga olingan. Ularning 95 nafari muddatidan ilgari ovoz bergan.
Saylov uçastkasi komissiya a’zosi Asola Xolmirzayevaning ta’kidlaşiça, saylovçilar uçun barça şaroitlar yaratilgan: “Tez tibbiy yordam” xizmati, bolalar uçun maxsus joy taşkil etilgan.
Saylovçilar Kun.uz muxbiri bilan suhbatda öz nomzodlaridan nimalar kutayotganliklari haqida sözlab berişdi.
“Dalada mehnat qilib, ketmon çopib qiyinçilik zamonlarni ötkazganmiz. 63 yoşdan ötsak ham hozirgaça özimizning nonimizni özimiz topib yeyapmiz. Pensiyalarimiz oşirilsa, arzonçilik bölsa deymiz. Yangi saylanadigan prezidentimizdan ana şular amalga oşirilişini kutamiz”, deydi 63 yoşli saylovçi.
Ilk bor ovoz berayotgan 18 yoşli saylovçi esa saylanadigan prezident yoşlarga yanada kengroq e’tibor qaratişini kutayotganligini ta’kidladi:
“Bugun men birinçi marta saylovda ovoz berdim. Kelgusida saylanadigan prezidentimizdan yoşlarga e’tibor qaratilişini, salohiyatli yoşlarga köproq imkoniyat berilişini xohlayman. Özbekiston yoşlarining kelajagi davlat rahbariga boğliq. Hozir ham yoşlarga yaratilgan şaroitlar yaxşi, bundan keyin ham maktablarga alohida e’tibor berilişini istardik”.
Viloyatda saylov jarayonlari davom etmoqda.













