Laboratoriyada göşt yetiştiriş ğoyasi
Laboratoriyada işlab çiqarilgan göşt tuşunçasi bir qaraganda ğayritabiiy yangraydi. Çunki insoniyat göştni jonivorlar tanasidan boşqa manbadan oliş haqida 30-40 yil oldin xayoliga ham keltirmagandi. Bu ğoya 2000 yillardan beri ommalaşa boşlagan. Jyeyson Masen ismli tadqiqotçi New Harvest notijorat tadqiqot markazini tuzib, ilk madaniy göşt yetiştiriş izlanişlarini şu yerda olib boradi. Öşa paytda bundan asosiy maqsad göşt yetiştiriş sanoati tufayli zarar körayotgan ekologiyani yaxşilaş, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş bölgani aytiladi.
Oradan 10 yillar ötib, 2013 yilda nemis farmatsevti Mark Post madaniy göştdan tayyorlangan ilk hamburgerni ommaga namoyiş qiladi.

Tayyorlanişi 330 000 dollarga tuşgan madaniy göşt keyinçalik turli yirik kompaniyalarning qiziqişiga sabab böldi. Önlab kompaniyalar bozorga madaniy göşt olib kiriş poygasiga qöşildi.

Bunday göşt savdosiga ilk marta 2020 yilda Singapurda ruxsat berilgandi. 2023 yilda esa AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi Upside Foods va Good Meat firmalariga madaniy göşt mahsulotini işlab çiqarişga ruxsat berdi. Şunday qilib, AQŞ Singapurdan keyin laboratoriyada yetiştirilgan göştni sotişga ruxsat bergan ikkinçi davlatga aylandi. Upside Foods buni “orzular röyobga çiqişi” va “yangi davrning boşlanişi” deb atagan.
Madaniy göşt tayyorlaniş jarayoni
Laboratoriyada yetiştiriladigan göşt tabiiy hayvon göştidan katta farq qilmaydi. Çunki uni tayyorlaşda ham hayvon hujayrasidan foydalaniladi. Jonivordan ajratib olingan hujayralarga keyinçalik oqsil, şakar va yoğ kabi oziq moddalar qöşiladi.
















