Noutbuklar bugungi kunda eng katta kömakçi iş qurollaridan biri. Ularning ixçamligi, kötarib yuriş osonligi, foydalaniş qulayligi asosiy xususiyatlaridir. Hozirgi qurilmalarning ajdodlari katta, noqulay va öta kiçik xotirali bölgan. Çunki öşa paytdagi texnika taraqqiyoti şunga mos edi. Xöş, noutbuklarning yaratiliş tarixi özi qanday bölgan?

Dastlabki taşabbus

Bloknot ölçamidagi ixçam kompyuterlar yaratiş taşabbusi 1968 yilda Xerox firmasi laboratoriyasi rahbari Alan Keydan çiqqan. Lekin Keyga jahondagi ilk noutbukni yaratiş nasib etmaydi.

Foto: Alan Key

Ilk qurilmani yasaş Grid System kompaniyasi işçisi Vilyam Mogridjga nasib qiladi. U 1982 yilda NASAning buyurtmasi bilan bu işni amalga oşiradi.

Ilk noutbuk(8 MGs, Intel 8086 protsessorli)ning operativ xotirasi bor-yöği 340 kilobaytni taşkil qilardi. Ammo qirq yil avvalgi davr uçun bu katta gap edi.

Foto: Astronavt va Grid Compass

Birinçi noutbukka Grid Compass deya nom berildi. Uning oğirligi naq beş kiloça kelardi, qurilmada yana qattiq disk va disketa ham mavjud bölgan. Noutbukka özining GRiD O/S operatsion sistemasi örnatilgan. Qurilmaning dasturiy ta’minoti 8-10 ming dollargaça mablağ talab qilgan, asosiy buyurtmaçi AQŞ hukumati edi. NASA ham öz izlanişlarida undan foydalangan. Şuningdek, AQŞ maxsus kuçlari ham Grid Compass qurilmasidan keng foydalangan.

Garçi birinçi noutbuk bölsada, hozirda uning nomi va işlab çiqaruvçilarini köp ham eslaşmaydi. Grid Compass ham kelajakda köpçilikning tanloviga aylangan brend böla olmadi.

Adam Osbornning qurilmasi

Keng ommaga möljallangan ilk noutbuk muallifi Adam Osborn sanaladi. U Osborne 1 deya nomlangan. Uning oğirligi naq 11 kilogramm kelar, operativ xotirasi esa 64 kbni taşkil qilgan.