Peskovning sözlariga köra, uçraşuv Kremlda 29 iyun kuni bölib ötgan va uç soat davom etgan. Unda Yevgeniy Prigojin va «Vagner» komandirlari — jami 35 kişi iştirok etgan.

Peskovning sözlariga köra, komandirlar oliy boş qömondonning sodiq tarafdorlari ekani va vatan uçun bundan keyin ham jang qilişga tayyorligiga işontirişgan.

Öz navbatida, Putin xususiy harbiy kompaniyaning frontdagi harakatlariga va «24 iyun voqealari»ga öz bahosini berdi, şuningdek vagnerçilarga bundan keyingi işlar böyiça variantlar taklif etdi, deydi Kreml rasmiysi.

Bundan avvalroq Putinning Prigojin bilan uçraşuv töğrisida razvedkadagi manbasiga asoslangan holda fransuzlarning Libération naşri xabar tarqatgandi. Unga köra, Prigojin va XHK komandirlari Kremlga boşqa kuni, 1 iyulda taşrif buyurgan va Putindan taşqari, Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov hamda Taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin bilan uçraşişgan.

Prigojinning isyoni

23 iyun kuni Yevgeniy Prigojin u va uning yollanma jangçilari Rossiya harbiy rahbariyati almaştirilişiga erişiş uçun «adolat marşi» boşlaşi haqida e’lon qilgandi. Keyingi kuni tongda XHK bölinmalari Rostov-Donni egalladi, yollanma jangçilarning boşqa qismi esa Moskva tomon yölga tuşdi.

Ammo isyon qanday tez boşlangan bölsa, şunday tez yakunlandi — 24 iyun kuni keçqurun Aleksandr Lukaşenko bilan muzokaralardan keyin Prigojin uning yollanma jangçilari öz lageriga qaytayotganini aytdi, avvaliga xiyonat uçun qattiq jazolaş bilan tahdid qilgan Kreml esa vagnerçilar bilan kelişuv tuzdi.

Bu kelişuv parametrlarini Dmitriy Peskov şunday sözlar bilan oçiqladi: Prigojin Belarusga «ketadi», isyon töğrisida jinoiy iş yopiladi, uning iştirokçilari harbiy xizmatlari (ya’ni Ukrainga bosqindagi iştiroki) tufayli jazolanmaydi, ularning bir qismi — isyonda iştirok etmaganlar — Rossiya mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaydi.

Prigojin hozir qayerda?

27 iyun kuni Lukaşenko «Vagner» XHK asosçisi Belarusga kelganini aytgandi, ammo 6 iyul kuni — isyondan qariyb ikki hafta ötganida — u Prigojin Belarusda emasligini aytdi.