Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh O‘zbekiston prezidentining islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi navbatdan tashqari prezident saylovi jarayoni bo‘yicha bayonot e’lon qildi.
Bayonotda aytilishicha, elchixona “O‘zbekiston fuqarolarining saylovdagi ishtirokini yuqori baholaydi va saylov uchastkalarida ular prezident Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlayotganini qayd etadi”.
“Prezident Mirziyoyev o‘zining yangi mandatini qabul qilayotgan bir paytda, AQSh uning islohot va boshqaruv dasturini amalga oshirishda, jumladan, qonun ustuvorligi, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro nazorat va muvozanatni ta’minlash, shaxs huquqlarini himoya qilish sohalarida yordam berishga tayyor”, — deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, agar bu tamoyillarga amal qilinsa, ular vakillik boshqaruvining asosi hisoblanadi.
“Biz prezident Mirziyoyev va O‘zbekiston hukumati bilan AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, ta’lim, humanitar va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga intilamiz”, deyiladi AQSh elchixonasi bayonotida.
Mavzuga oid
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026