Frontdagi vaziyat. Rossiya zaxiralarini jangga taşlamoqda
|02:27 / 11.07.202340 88810 min
Foto: ReutersFoto: Reuters
Rossiya armiyasi ukrain qöşinlarining janub va Baxmut yönalişlaridagi ilgarilaşini töxtatiş uçun yangidan yangi zaxiralarini jangga olib kirmoqda. Rossiya qömondonligi tasdiqlaşiça, Ukraina qurolli kuçlari oldinga qöyilgan maqsadlaridan birortasiga erişa olmayapti; Ğarbning ayrim naşrlaridagi maqolalarda ham Ukraina yurişi sekin sur’atlarda keçayotgani hafsalani pir qilgani aks etmoqda. Şunga qaramay, rossiyalik harbiy muxbirlarning har kungi xabarlarida quyidagi satrlarni uçratiş mumkin: «duşman ilgarilaşga muvaffaq böldi», «duşman strategik tepaliklarning bir qismini egallab oldi», «duşman ayrim yutuqlarga ega».
BBC muxbiri Ilya Abişev Ukraina frontidagi vaziyatga batafsil töxtaldi.
Janubiy yönaliş
Bu Rossiya-Ukraina frontining eng uzun polosasi bölib, Xerson oblastida Dniproning Qora dengizga quyiliş joyidagi Kinburn qumloğidan (qumloqning bir uçi Mikolayiv oblastida) Donetsk oblasti çegarasiga qadar çözilgan. Quruqlikdagi uçastkada eng jiddiy janglar — Zaporijjya oblasti va Donetsk oblastining ğarbiy çekkalarida keçmoqda.
Ukrain armiyasi kuçli mudofaa çiziğini yorib ötib, bir yoki bir neça yönalişlarda — Melitopol, Berdyansk yoki Mariupolgaça borib, Azov dengizi böylariga çiqişni maqsad qilgan. Muvaffaqiyat qozonilgan taqdirda, Qrimga quruqlik orqali oçilgan yölak kesib qöyiladi, Rossiyaning Xerson oblasti janubi va Qrimdagi guruhi juda murakkab ahvolda qoladi.
Bu janglarga ikki tomon ham uzoq vaqt tayyorlandi: Ukraina çalğituvçi zarbalar amalga oşirdi va asosiy yönalişda zarba beriş uçun kuç yiğdi, Rossiya kuçli mudofaa istehkomlari barpo etdi va katta hududlarni minalagan holda raqib hujumini kutdi.
Har ikki tomonning ham tarafdorlari voqealar tezlik bilan rivojlanişini kutişgandi. Bir tomon rossiyaliklar mudofaasi tezda qulaşi va ukrainlarning zirhli texnikalari kolonnasi tezlik bilan Azov tomon harakatlanişini körişdan umid qilgandi. Boşqalar esa ukrain qismlari mudofaa janglari vaqtda yakson etilişi, keyin esa Rossiya qarşi hujumga ötişini kutgandi. Ammo voqealar boşqa ssenariyda rivojlana boşladi.
Ukraina qurolli kuçlari birinçi va eng murakkab mudofaa çiziğini asta-sekinlik bilan buzib boriş, şuningdek Rossiyaning front çiziği ortidagi texnikalari hamda harbiy obektlarini aniqlab, yöq qiliş uçun dastlab kiçik guruhlar bilan razvedka janglari olib borişni tanladi.
Mavzuga oid
Foto: Reuters
Ayni vaqtda Ukraina janubida quyidagiça vaziyat yuzaga kelgan: ukrain qöşini tört yönaliş — ğarbdagi Vasilivka, markazdagi Tokmak va Pologi, şarqdagi Staromlinovka yönalişlarida raqibning birinçi mudofaa çiziğini bosqiçma-bosqiç «kemirib» bormoqda. Qator uçastkalarda ular Rossiya mudofaasining ikkinçi çiziğiga juda yaqin kelib qolişgan.
Bu liniya asosiysi hisoblanadi, aynan şu yerda eng qizğin janglar bölib ötişi kutilmoqda, aynan şu yerda asosiy kuçlar töqnaşadi va aynan şu yerdagi muvaffaqiyatsizlik tomonlardan biri uçun oğir mağlubiyatga aylanişi mumkin.
Siyohrang bilan Ukraina qöşinlari ozod etgan hududlar körsatilgan
Rossiya qömondonligi Ukraina qurolli kuçlari ikkinçi liniyaga kirib kelişiga yöl qöymaslikka yoki heç bölmaganda vaqtdan yutişga intilmoqda. Buning uçun yirik zaxiralar olib kelinib, jangga taşlanmoqda. Britaniya razvedkasi Zaporijjya oblastida doimiy dislokatsiya manzili Kavkazda joylaşgan 58-umumqöşinlar armiyasi mudofaaga mas’ul ekani, Donetsk oblastining Staromlinovka rayonida esa — 5-armiya va Primore ölkasidan bölgan dengiz piyodalari mudofaalanayotganiga e’tibor qaratgan.
Ammo gap Ukrainada butun Rossiya hududidan kelgan bölinmalar jang qilayotganida emas. Zaxira bölinmalari birinçi mudofaa çiziğidagi janglarga taşlanişi jadal sur’atlarda davom etmoqda — u yerga allaqaçon Xerson oblastidagi qismlar hamda bungaça ikkinçi va uçinçi liniyalarda mudofaani egallab turgan bölinmalar yuborilgan.
«Janubiy operatsiya zonasida raqibning 58-, 49-umumqöşin armiyalari, 22-armiya korpusi (Janubiy harbiy okrug tarkibidan), 5-, 35-, 36- va 29-umumqöşin armiyalari va 68-armiya korpusi (Şarqiy harbiy okrugdan) qöşinlarining bir qismi harakat qilmoqda, — degan ukrainalik harbiy şarhlovçi Konstantin Maşovets. — Eslatib ötamiz, RF quruqlik qöşinlarida jami 11 ta umumqöşin va bitta tank armiyasi joylaştirilgan. Ya’ni raqib hozirda mamlakatimizning bosib olingan janubiy hududlarini öz quruq qöşinlarining teng yarmi bilan uşlab turişga harakat qilmoqda. Va şunga qaramay, bu ularga juda katta qiyinçilik tuğdirmoqda», — deya yozgan u.
Ukraina Dniproning çap sohiliga desant taşlab, janubda «ikkinçi front» oçişi mumkinligi qöşimça xavf tuğdirmoqda. Ukraina qurolli kuçlari allaqaçon Antonov köprigi atrofida kiçik platsdarm örnatgan va ularni u yerdan siqib çiqarişga muvaffaq bölinmayapti.
Rossiyadagi manbalar ukrain razvedkasi Dnipro sohil liniyasi böylab turli uçastkalarda faollaşgani haqida yozmoqda.
«Maryanskoye — Zolotaya Balka liniyasining qurib qolgan Kaxovka suv ombori atrofidagi muyuliş joyida [Ukraina qurolli kuçlarining] faolligi ortdi. Sönggi uç-tört oyda Ukraina qurolli kuçlarining 121-hududiy mudofaa qismlari bölinmalari tabiiy suv tösiğini keçib ötişga tayyorgarlik körmoqda. Bu Zaporijjya AESni janubdan örab oliş uçun şu yönalişdan zarba berilişi mumkinligini körsatadi», — deya yozgan RF mudofaa vazirligiga yaqin bölgan «Rybar» telegram-kanali.
Baxmut yönalişi
Baxmut atrofidagi vaziyat ham şunga öxşaş tarzda rivojlanmoqda — bu şahar hozirda strategik emas, köproq ramziy ahamiyatga ega hisoblanadi (lekin voqealar dramatik rivojlansa, bu baho keskin özgarişi ham mumkin). Rossiya armiyasi va uning asosiy hujumkor kuçi — «Vagner» XHK jangçilari — uni ötgan yil yozidan buyon şturm qilişgandi va şaharni oliş uçun saralangan qismlar taşlangan, may oyiga kelib şahar katta yöqotişlar evaziga egallangandi.
Vagnerçilar Baxmutdan ketgaç, Rossiya qömondonligida bu uçastkada kadrlar yetişmovçiligi muammosi yuzaga keldi, ukrain qöşinlari esa darhol taşabbusni qölga oldi. Endi ular şaharni şimol va janubdan örab oliş tahdidi bilan Rossiyaning Baxmut qanotlaridagi qismlarini asta-sekin çekintirmoqda. Hozirça bu yerdagi vaziyat Rossiya uçun u qadar tahdidli körinmayotgan bölsa-da, Ukraina qurolli kuçlari muntazam ravişda ilgarilamoqda. Janubda ukrain qöşini T0513 Baxmut-Horlivka trassasiga yöl oçuvçi muhim tayanç punkti — Kleşçiyevkaga hujum qilmoqda.
«Baxmut yönalişida ukrain şturm bölinmalari Kleşçiyevkadan şimoldagi tepaliklarning bir qismini egalladi. Qolgan qismi uçun şiddatli janglar ketmoqda, — deya yozgan rossiyalik WarGonzo telegram-kanali. — Agar Ukraina qurolli kuçlari mustahkam örnaşib olsa, Rossiya qöşini pastlikda joylaşgan qişloqni uşlab qolişi dargumon. Va bundan ma’no ham qolmaydi».
Ukraina QK Şarqiy qöşinlar guruhi spikeri Sergey Çrevatiy ötgan hafta oxirida Baxmut janubida şiddatli janglar ketayotgani, ammo tafsilotlarni oçiqlay olmasligini aytgandi. «Ammo duşman pabliklari telegramda vahima qözğayotganiga qaraganda, Kleşçiyevka nomi ular uçun juda ramziy böladi, deb öylayman», — degandi u.
Siyohrang bilan Ukraina qöşinlari ozod etgan hududlar körsatilgan
Şaharning özida, şuningdek undan şimolroqda, Berxovka suv ombori hududida ham janglar olib borilmoqda, şimolda ukrain qismlari raqibni Paraskoviyevka va Krasnaya Goradagi mustahkamlangan pozitsiyalaridan siqib çiqarişga harakat qilmoqda.
«RF qurolli kuçlari Ukraina qurolli kuçlarining Baxmutning janubiy-ğarbiy çekkasidagi pozitsiyalariga hujumlar uyuştirdi. Unçalik muvaffaqiyatli çiqmadi. Berxovka atrofida qaqşatqiç janglar keçmoqda, ukrain bölinmalari baribir ma’lum yutuqlarga erişmoqda», — deya tan olgan WarGonzo.
Rossiya qömondonligi Zaporijjyada bölgani kabi ukrainlarning şiddatli hujumlarini töxtatiş uçun Baxmutga ham zaxira kuçlarini olib kelmoqda. Ammo hozirça frontdagi vaziyatni barqarorlaştirişning imkoni bölmayapti.
Donetsk atrofida va Svatove-Kupyansk yönalişidagi janglar
Donetsk çekkalarida — oblast markazidan şimoldagi Avdiyivka va ğarbdagi Maryinka şaharlari hududida ham ança keng kölamli qarama-qarşi janglar ketmoqda.
Ikki tomon ham raqibning köp sonli hujumlari qaytarilgani töğrisida xabar qilgan, Ukraina tomoni esa — hatto Avdiyivkadan şimoldagi Vesyoloye qişloği hududida muayyan yutuqlarga erişilgani haqida xabar qilgan (buni geolokatsiya ma’lumotlari ham tasdiqlaydi).
Ötgan haftada Donetskning yöldoş şahri hisoblangan Makiyivkada yirik öq-dori omboriga zarba berildi
Ammo bu yönalişdagi janglar faollaşgani strategik operatsiya bölib emas, balki köproq raqib kuçlarini asosiy harbiy harakatlar teatriga aylangan Zaporijjya oblastiga ötkazişiga tösqinlik qiliş istagiga öxşab körinmoqda.
Siyohrang bilan Ukraina qöşinlari ozod etgan hududlar körsatilgan
Luhansk oblasti şimoli-ğarbiy qismida — Kupyansk (Rossiya tomoni terminologiyasi böyiça) yoki Svatove (Ukraina tomoni terminologiyasi böyiça) yönalişida ham şunga öxşaş holat kuzatilmoqda.
Rossiya qöşini Ukraina qurolli kuçlarining Seversk guruhi ustiga yuriş qilişga urinmoqda — bu börtiq hududdagi ukrain kuçlari Kreminnaga ham, Baxmutga ham tahdid solgan holda rossiyaliklar uçun noqulaylik tuğdirib turibdi. Bu uçastkadagi janglar ançadan buyon tanaffuslar bilan davom etmoqda, ammo tomonlarning birortasi jiddiy muvaffaqiyatga erişa olmaydi.
Rossiya hujum qilayotgan yana bir yönaliş Svatovedan janubi-ğarbda va şimoli-ğarbda joylaşgan Novovodyanoye va Novosyolovskoye qişloqlari bölib turibdi. Uşbu kiçik qişloqlarni xaritadan topiş qiyin, ularning strategik ahamiyatini tuşuntiriş undan ham qiyinroq. Şunga qaramay, Rossiya qöşinining bu hududdagi faollaşuvi harbiy mantiqqa töğri keladi: murakkab va tuşunarsiz vaziyatda heç kim harakatsiz bölmasligi kerak.