Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilov 4 iyul kuni Ukraina qurolli kuçlari qarşi hujumning hozirgi bosqiçida raqibning jonli kuçi va texnikalarini yöq qilişga urğu qaratgani, hududlar ozod etilişi esa RF qurolli kuçlari holdan toyişi ortidan röy berişini aytgandi. Köpçilik buni qarşi hujum «strategiyasi özgarişi» sifatida qabul qildi, boşqa ukrain siyosatçilari amaliyot oldindan şunday öylanganini ta’kidlamoqda.

Ammo agar strategiya özgarmagan bölsa ham, Ukraina qurolli kuçlari taktikasi özgartirilgani körinib turibdi: iyun oyi boşida ukrain armiyasi Rossiya mudofaa liniyasini zirhli tank bölinmalari bilan yorib ötişga urinayotgandi, oyning ikkinçi yarmidan esa Rossiyaning front orti hududlariga zarbalar berişga hamda RF qurolli kuçlarining mustahkamlangan punktlarini artilleriya tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan piyodalar otryadlari bilan şturm qilişga e’tibor qaratilmoqda. Sönggi kunlarning özida Rossiyaning front çiziğiga eng yaqin joylaşgan öq-dori omborxonalari, artilleriya, havo hujumidan mudofaa va radioelektron kuraş tizimlariga zarbalar berilgani aks etgan yuzdan oşiq videolar namoyiş etildi.

RF qurolli kuçlari ham şunday javob bermoqda: ukrainlarning front ortiga zarbalar iyun oyi boşidan buyon davom etmoqda. Endi bunga Rossiya qismlarining ham frontning turli uçastkalarida amalga oşirayotgan kiçik hujumlari qöşilgan — bundan maqsad ukrain zaxiralari mamlakat janubidagi va Baxmut atrofidagi asosiy zarba yönalişlariga yuborilişining oldini oliş hisoblanadi.

Baxmut

  • Hozirda har ikki tomonning ham Baxmut frontidagi qanotlarda jamlangan kuçlari son jihatdan mamlakat janubida jang qilayotgan tuzilmalardan köproq. Ukraina qurolli kuçlari bu yerda may oyidan buyon rossiyaliklarning pozitsiyalariga hujum qilmoqda, ammo faqat iyul oyi boşiga kelib Baxmutdan janubda Rossiya mudofaasining muhim nuqtasiga yetib keldi. Gap Kleşçiyevka qişloğidan ğarbdagi tepaliklar haqida bormqoda, bu yerda Ukraina qurolli kuçlari Rossiyaning keng kölamli bosqiniga qadar katta istehkomlar barpo etgandi. 2022 yil dekabrida bu pozitsiyalar «Vagner» XHK kuçlari tomonidan egallandi, bu esa Baxmutning janubiy hududlari tezda qulaşiga olib keldi. Endi ukrain kuçlari bu pozitsiyalarni qaytarişga harakat qilmoqda. 9 iyul kuni Ukraina qurolli kuçlari uşbu mustahkamlangan hudud yaqinida hujumga ötgani aks etgan video paydo bölgandi; uning natijasi hozirça noma’lum.