«Özbekiston temiryöllari» AJ raisi Husniddin Hosilov lavozimini tark etdi. Bu haqda prezident raisligidagi videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi.

Prezident raisligidagi videoselektorda bundan tört yil avval «Toşkent-Samarqand», «Toşkent-Andijon» pulli yöllari va Taxtaqoraça dovonida pulli tunnel quriş topşiriqlari berilgani, lekin na loyiha qiliş, na investor jalb qiliş böyiça haligaça amaliy işlar boşlanmagani tanqid qilingan.

«Bugungi kunda temir yölda 2,5 mingta yuk vagoni yetişmasligi, mavjud vagonlarning 3,5 mingtasi esa ta’mirtalabligiga qaramay, ularni köpaytiriş, yöllarni modernizatsiya qiliş  uçun bor-yöği 16 million dollar töğridan töğri investitsiya özlaştirgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Iste’foga «investitsiyalarni jalb qiliş va ularni özlaştirişda sustkaşlikka yöl qöygani» sabab qilib körsatilgan.

Husniddin Hosilov 1970 yil Toşkent viloyatida tuğilgan. 1992 yilda Toşkent temiryöl muhandislari institutini injyener-mexanik mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1992 yilda «Özinterservis» qöşma korxonasida tarmoq boşliği sifatida boşlagan. 1992-2008 yillarda «Öztemiryölmaşta’mir» unitar korxonasi va «Özbekiston temiryöllari»da turli lavozimlarda işlagan.

2011-2014 yillarda «Özbekiston temiryöllari» DATK boş menejyeri – boş muhandisi bölgan. 2014-2016 yillarda Vazirlar Mahkamasining departament mudiri sifatida işlagan. 2016 yilda «Özbekiston temiryöllari» AJ boş menejyer – boş muhandis lavozimiga qaytgan.

2019 yil 5 fevralda unga «Özbekiston temiryöllari» AJ boşqaruvi raisi vazifasini bajariş yuklatiladi. 2019 yil iyunidan rasman AJ boşqaruv raisi lavozimini egallaydi.

2020 yil 31 yanvardan esa yana boşqaruv raisi «v.b» bölgandi.