YeXHT missiyasi rahbari Ursula Gaçek taşkilot har bir iştirokçi davlatdan xalqaro kuzatuvçilar missiyalarga qöşilişini doimo qutlaşini bildirdi.

Özbekistondagi prezidentlik saylovlari yakunlariga bağişlab Toşkentda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi vakillari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Unda byuro missiyasi rahbari Ursula Gaçek Kun.uz muxbirining Yevropa mamlakatlaridagi saylov jarayonlarida özbek mutaxassislarining iştirok etmayotgani yuzasidan savoliga javob berdi.

– Özbekistonda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi sertifikatiga ega ekspertlar zaxirasi mavjud. Özbekiston YeXHTga a’zo bölganidan buyon ötgan davr mobaynida özbekistonlik ekspertlar missiyalarga qisqa muddatli ekspert sifatida va faqat MDH davlatlarida jalb etilgan. Nega Özbekistondan mutaxassislar uzoq muddatli ekspert sifatida jalb etilmayapti? Şuningdek, özbekistonlik ekspertlar Yevropa mamlakatlaridagi saylovlarni kuzatişga ham jalb qilinmaydi. Bunga qandaydir norasmiy çeklovlar yoki taşkilotning içki tartibga soluvçi, aniqroği taqiqlovçi qoidalari bormi?

Ursula Gaçek: Tuşunganimni yanayam aniqlaştirib olmoqçiman, şunda siz saylovda özbekistonlik fuqarolar qatnaşganidan taşvişlanyapsizmi?

Unday emas-a?! Xöp. Şunçaki tuşunarli qilib aytişim kerakki, bu kuzatuvçilarning barçasi xalqaro kuzatuvçilar edi. Albatta, faoliyatimiz davomida bizni mahalliy xodimlar qöllab-quvvatlaşdi. Ammo navbatdan taşqari prezidentlik saylovlarini xalqaro şaxslar kuzatib borişdi.

Endi boşqa iştirokçi davlatlardagi saylovlarni kuzatuvçi Özbekiston fuqarolariga kelsak, biz har bir iştirokçi davlatdan xalqaro kuzatuvçilar missiyalarga qöşilişlarini doimo qutlaymiz. Albatta, öz mamlakatida iştirok etadiganlar bundan mustasno. Heç kim öz mamlakatidagi saylovda kuzatuvçi bölib iştirok eta olmaydi.

Ayrim kattaroq budjetga ega mamlakatlar juda halol va köproq sondagi kuzatuvçilarni yuborişga tayyor böladi. Biz heç qaçon biror millatning bu jarayonda töliq dominantlik qilişiga yöl qöymaymiz. Bilişimça, bu tartib hanuz öz kuçida. Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byuroning maxsus fondi mavjud bölib, bu fond yordamida vakili bölmagan mamlakatlardan kelgan kuzatuvçilar öz davlati tomonidan emas, balki töğridan töğri Rasmiy taraqqiyot yordami (ODA) taşkiloti orqali moliyalaştirilişi mumkin.

Hamkasbimning eslatişiça, yaqinda Latviyada Özbekiston fuqarolaridan kuzatuvçilar qabul qilingan. Biz yana bir bor Özbekistondan ham köplab faol yoş fuqarolik jamiyati a’zolari kelişi va qayerda bölişimizdan qat’i nazar saylovlarni kuzatiş tajribasiga ega bölişiga umid bildiramiz.