Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston Turkmanistonga sifatsiz suyultirilgan gazni qaytarib yubordi
17 sisterna suyultirilgan gaz sifatsizligi bois jo‘natuvchiga qaytarildi.
Afg‘oniston milliy standartlashtirish boshqarmasi (ANSA) tomonidan sifatsizligi aniqlangan 17 ta sisterna suyultirilgan gaz Turkmanistonga qaytarildi. Bu haqda Afg‘onistonning Bakhtar agentligi xabar berdi.
Gaz Turg‘undiy shahri orqali Afg‘onistonga olib kirilgan. Standartlashtirish boshqarmasi suyultirilgan gazni jo‘natuvchiga qaytarishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, «Tolibon» hukumatining Markaziy Osiyo yonilg‘isini sifatsizligi tufayli rad etish holati birinchi marta yuz bermayapti. Iyun oyida Qirg‘izistondan O‘zbekiston orqali keltirilgan 342 tonna benzin qaytarib yuborilgan edi. May oyida esa 19 tonna suyultirilgan gaz O‘zbekistonga qaytarildi.
Mavzuga oid
13:38
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaytiriladi
17:50 / 25.12.2025
Afg‘on chegarasidagi otishmada tojikistonlik harbiylar halok bo‘ldi
13:46 / 19.12.2025
Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikni qabul qiladi
14:51 / 18.12.2025