Prezidentning “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam körsatiş hamda uning samarali nazorat tizimini yölga qöyiş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni bilan davlat tomonidan aholini manzilli himoya qilişning asosiy yönalişlari belgilab berildi.
Farmonda aholining ijtimoiy suğurta mexanizmlari bilan qamrab olinişini kengaytiriş, xavf guruhlariga tuşib qolgan oilalarni aniqlaş va kompleks ijtimoiy xizmatlar körsatiş orqali ularning oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolişining oldini oliş va nogironligi bölgan şaxslarning hayot keçirişi uçun qulay muhit yaratişga e’tibor qaratilgan.
Endilikda, aholini ijtimoiy himoya qiliş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasidagi yagona davlat siyosatini muvofiqlaştirib boriş maqsadida Özbekiston prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar boşqarmalari va 1 iyuldan boşlab tuman (şahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari taşkil etiladi.
Uşbu markazlar har bir xonadon ahvolini örganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga bölgan ehtiyojini aniqlaş, oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini örganiş natijasida ularning ijtimoiy pasportlarini şakllantiriş işlarini amalga oşiradi.
Ehtiyojmand aholi bilan, şu jumladan, keys-menejment usulini qöllagan holda samarali iş taşkil qiliş, ulardan ijtimoiy xizmatlar va yordam oliş böyiça buyurtmalar qabul qiliş, zaruratga qarab buyurtmalarni mas’ul vazirlik va idoralarga yuboriş, oğir ahvolga tuşib qolgan va oğir ahvolga tuşib qoliş xavfi yuqori bölgan oilalarni muntazam ravişda monitoring qilib boriş, ular uçun ijtimoiy xizmat va yordamlarni taşkil etiş markazning asosiy vazifalaridan biri sanaladi.











