Davlat qabul komissiyasining 2022 yil 29 dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan «Davlat OTMga kiriş uçun berilgan imtiyozlarning yagona reyestri» tasdiqlangan.
Reyestrdan 43 ta imtiyoz turi örin olgan:
1. Imtihonsiz qöşimça davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiş uçun asos böluvçi imtiyozlar (15 ta);
2. Imtihonsiz bazaviy tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiş uçun asos böluvçi imtiyozlar (4 ta);
3. Tegişli fan böyiça imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berişga asos böluvçi imtiyozlar (5 ta);
4. Töplangan ballga nisbatan qöşimça ball beriş uçun asos böluvçi imtiyozlar (2 ta);
5. Qöşimça kvota doirasida tanlovda iştirok etiş uçun asos böluvçi imtiyozlar (13 ta);
6. Qöşimça imtiyozlar (4 ta).
Reyestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilişiga mas’ul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilişida huquqiy asos böladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.












