O‘zbekiston | 12:01 / 12.07.2023
5235
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda AQShga Meksika orqali yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Tergov departamenti

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro R.I fuqaro Ya.M.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishlash uchun Meksika davlati orqali aylanma yo‘llar bilan yuborish evaziga 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan R.P. fuqaro Z.S.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 3 500 AQSh dollari va 14 mln so‘m evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga borish uchun viza olib berishni va’da qilib, shundan 14 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid