Registon va Shohi Zinda majmuasi «Diqqatga sazovor turistik obektlar butunjahon ro‘yxati»ga kiritildi
Samarqanddagi Registon ansamblining Ulug‘bek madrasasida «Turistik diqqatga sazovor obektlar butunjahon ro‘yxati»ga kiritilgani to‘g‘risida sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sertifikatlarni topshirish marosimida Yevrosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Vladimir Piskurev hamda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov ishtirok etdi.
Samarqanddagi Registon ansambli va Shohi Zinda majmuasi «Turistik diqqatga sazovor obektlar butunjahon ro‘yxati»ga kiritildi.
2017 yilning 7 noyabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo Madaniyat, fan va ta’lim kengashining ikkinchi sessiyasida «Jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi uchun turistik diqqatga sazovor joylarni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi konvensiya qabul qilindi.
Konvensiyani amalga oshirish doirasida Turizmning jozibadorligi va turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha xalqaro qo‘mita tuzildi. Xalqaro qo‘mita faoliyatining asosiy masalalaridan biri turistik diqqatga sazovor joylarni ommalashtirish, jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi manfaatlari yo‘lida turistik hududlarni targ‘ib qilishdan iborat.
Muayyan obektni maxsus turistik diqqatga sazovor joylarning jahon ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qaror Turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha xalqaro qo‘mita sessiyasi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Bugungi kunga qadar O‘zbekistonning 4 ta tarixiy diqqatga sazovor joyi ushbu ro‘yxatga kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi
Jahon | 00:46
-
O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlar asossiz - TIV vakili
Jahon | 00:31
-
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
Jahon | 00:19
-
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:12 / 27.04.2025
Mavzuga oid

11:52 / 22.01.2025
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan pul so‘radi

10:31 / 14.11.2024
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi

18:59 / 15.09.2024
Foto: Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi

11:58 / 27.08.2024