Mamlakatning eng çöllaşgan hududlaridan biri - Xorazm viloyatining Şovot tumanidagi Komiljon Otaniyozov nomli dam oliş va istirohat boğida manzarali daraxtlar kesilmoqda. Tahririyatga yetib kelgan ma’lumotlarga köra bunga mas’ullar yetarliça e’tibor bermayapti. Daraxtlarning kesilişiga u yerda quriliş işlari olib borilişi sabab bölmoqda.


Jumladan, 9 iyul kuni özlarini tadbirkor deb taniştirgan fuqarolar tomonidan boğ hududidagi bir neçta katta, manzarali daraxt kesib taşlangan. Özbekiston Ekologik partiyasiga köra, mahalla fuqarolari tomonidan ötkazilgan jamoatçilik nazorati paytida mazkur şaxslar harakati töxtatilgan. Daraxtlarni kesganlar bunga tuman hokimi tomonidan oğzaki ruxsat berilganini bildirişgan.

Ma’lum bölişiça, mazkur istirohat boği Şovot tumani obodonlaştiriş boşqarmasi tasarrufida. Xorazm viloyati Ekologiya boşqarmasi tomonidan boğda 3471 dona manzarali daraxt xatlovdan ötkazilgan. Boşqarma boşliği unga murojaat qilgan fuqarolarga javoban boğdagi daraxtlarni muhofaza qiliş böyiça Şovot tumani obodonlaştiriş boşqarmasiga ogohlantiriş xati berilganini ma’lum qilgan. Biroq daraxtlarni kesiş işlari töxtamagan.

Aslida istirohat boğidagi quriliş işlari xalq deputatlari Şovot tuman kengaşining 2023 yil 21 fevraldagi qarori bilan boşlangan. Mazkur qaror ilovasining 10-bandida Komiljon Otaniyozov nomli istirohat boğida yil davomida 14 ta attraksion örnatiş hamda 10 ta köçma savdo şoxobçalarini joylaştiriş uçun yer maydonini auksionga çiqariş belgilangan.

Hudud faollari uşbu qarordan söng köçma savdo şoxobçalari emas, quriliş işlari boşlanib ketganini ta’kidlaşmoqda. Ularga köra, daraxt östiriş qiyin bölgan hududdagi istirohat boğida quriliş işlari sabab yaşillik yil sayin kamayib boryapti.















