Joriy yilning 12 iyul kunidan boşlab Toşkent şahar Mirobod tumanidagi Taras Şevçenko köçasining Said Baraka va Fidokor köçalari kesişmalari 15 kun muddatga avtomobillar harakati uçun yopildi.
Tuman hokimligi xabariga köra, Mirobod tumani Taras Şevçenko köçasida “Mening yölim” loyihasi doirasida mukammal ta’mirlaş işlari olib borilişi belgilangan.
Jumladan, Taras Şevçenko köçasining Said Baraka va Fidokor köçalari kesişmalari hududidagi eskirgan, diametri 720 mm, uzunligi 448 metr magistral issiqlik quvurini yangisiga almaştiriş işlarini amalga oşiriş közda tutilgan.
Ta’mirlaş işlari yakuniga yetgaç, avtomobillar harakati qayta tiklanadi.












