Rossiya Mudofaa vazirligi «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi öz harbiy texnikasi, şuningdek, qurol-yaroğlarini Rossiya Qurolli kuçlariga topşirganini ma’lum qildi. 

«2 mingdan ortiq texnika va qurol-aslaha topşirildi. Jumladan, yuzlab oğir qurollar: T-90, T-80, T-72B3 tanklari, «Grad» va «Uragan» raketa tizimlari, «Pansir» zenit-raketa tizimlari, 2S1 «Gvozdika», 2S3 «Akatsiya» 152 mm, 2S5 «Giatsint» 152 mm, 2S4 «Tyulpan» 240 mm öziyurar artilleriya texnikasi, gaubitsalar va tankka qarşi qurollar, minomyot tizimlari, köp maqsadli zirhli texnika, 2,5 ming tonnadan ortiq turli öq-dorilar va 20 mingga yaqin öqotar qurollar», deyiladi xabarda. 

Hisobotda, şuningdek, «önlab texnika» heç qaçon jangovar şaroitlarda işlatilmagani aytiladi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin yollanma jangçilari katta qurol tanqisligini boşdan keçirayotganini aytgan edi. Prigojin bevosita Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu va Birlaşgan kuçlar guruhi qömondoni Valeriy Gerasimovga murojaat qilib, jangçilarini snaryad va öq-dorilar bilan ta’minlaşini talab qilgan edi.