Iyun oyida Özbekiston milliy aviakompaniyasi Çexiya zavodi bilan ikkita Let L-410 UVP-E20 turbovintli samolyot sotib oliş böyiça şartnoma imzolagan edi. 

«Uzbekistan Airways» milliy aviakompaniyasi uçun möljallangan birinçi Let L-410 UVP-E20 samolyoti 13 iyul kuni Çexiyaning Kunovitse şahridan havoga kötarildi. 

Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar tufayli samolyot Özbekistonga Bolgariya (Burgas), Turkiya (Samsun), Armaniston, Ozarboyjon va Turkmaniston orqali 15 iyul kuni yetib kelişi kutilmoqda. 

LET L-410 «Turbolyot» - mahalliy aviakompaniyalar uçun möljallangan, yengil, köp maqsadli ikki dvigatelli samolyot bölib, 1966-1967 yillarda Çexoslovakiyaning Let Kunovice aviatsiya zavodi konstruktorlik byurosi (hozir Çexiyaning LET Aircraft Industries zavodi) tomonidan işlab çiqilgan. 

Samolyot maxsus tayyorlanmagan, asfaltlanmagan, ötloqli yölaklarda, qorli hududlarda, şuningdek, qisqa uçiş-qöniş yölaklari bölgan aerodromlardan uçiş uçun möljallangan. 19 yölovçi yoki 1,8 tonna yukni 1500 km masofaga taşişga qodir.