Surxondaryo viloyati Ekologiya boşqarmasining Qumqörğon tumanida ötkazgan nazorat tadbirlari davomida bir qança fermer xöjaliklariga tegişli dalalarda ğalladan böşagan yer maydonlari yoqib yuborilgani aniqlandi.

Jumladan, «B.F.» fermer xöjaligiga qaraşli ğalladan böşagan 10 gektar yer maydoni takroriy ekin ekiş maqsadida yoqib yuborilgan. Şuningdek, «H.M.» fermer xöjaligi 10 gektar, «E.N.Z.» fermer xöjaligi 5 gektar, «K.P.» fermer xöjaligi 10 gektar, «E.H.» fermer xöjaligi 13 gektar, «Z.R.» fermer xöjaligi 7 gektar yer maydonini takroriy ekin ekiş maqsadida yoqib yuborgan.

Barça holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 88-moddasi (Atmosfera havosini muhofaza qiliş talablariga rioya qilmaslik) 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Tabiatga yetkazilgan zararning umumiy miqdori 100 million sömdan oşgan.