Ushbu munozaralar natijasini oldindan aytish qiyin, biroq bu masala bo‘yicha yakuniy salbiy qaror qabul qilinmaganining o‘ziyoq ushbu raketalarni Ukrainaga topshirish ehtimoli mavjudligidan dalolat beradi.

Ukrainaliklar bu raketalarni 2022 yil yozidan beri so‘rab keladi. ATACMS raketasi, F-16 qiruvchi samolyoti bilan birga, Kiyev AQShdan olishni xohlaydigan qurollar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi.

Kiyev allaqachon G‘arbdan asosiy jangovar tanklar va zamonaviy havo mudofaa tizimlarini olishga erishdi. Ko‘plab rasmiy xabarlarga ko‘ra, Ukraina tez orada F-16 qiruvchilari ham qabul qiladi.

Va nihoyat, Ukraina qurolli kuchlari Buyuk Britaniyadan 250 kilometr masofagacha uchadigan Storm Shadow qanotli raketalarini olmoqda. 11 iyul kuni Fransiya ham ushbu qurolning SCALP deb nomlangan o‘z versiyasini Ukraina yetkazib berishni rejalashtirayotganini e’lon qildi.

Ukraina 200 kilometrdan ortiq masofaga harakatlanadigan boshqa raketalar, masalan, fransuzlarning SCALP raketasini ham oladi

«Uzun qo‘l»

Matbuotda bunday raketalar odatda «uzoq masofali» deb ataladi, ammo bu juda to‘g‘ri emas.

Bu raketalar HIMARS tizimlarining yuqori aniqlikdagi GMLRS raketalaridan uzoqroqqa, ya’ni 90 kilometrdan uzoqdagi nishonlarga zarba berishi mumkin bo‘lgan raketalar haqida gap ketayotgani tushunarli bo‘lishi uchun shunday nomlangan. Ukraina 2022 yil yozidan beri GMLRS raketalaridan foydalanyapti.

ATACMS ballistik raketalari rasmiy ravishda GMLRS, Rossiyaning «Tochka U» va «Iskandar» yoki Ukrainaning «Olxa» raketalari bilan birgalikda tezkor-taktik raketalar sinfiga kiradi. Tezkor-taktik raketalar sinfidan keyingi qisqa masofali ballistik raketalar sinfiga kiruvchi raketalarning uchish masofasi 500 kilometrdan boshlanadi.

ATACMS raketalari Ukrainadagi urush orqali mashhur bo‘lgan GMLRS raketalari bilan bir sinfga tegishli bo‘lsa-da, ularning ba’zilari 300 kilometrgacha, ya’ni 200 kilometrdan ko‘proq masofadagi nishonlarga zarba bera oladi.

ATACMS’ni GMLRS bilan taqqoslash mutlaqo o‘rinli — ular bir xil otuvchi tizimlardan: HIMARS va M270 MLRS’dan uchiriladi, faqat bunda oltita kichik raketali otish konteyneri o‘rniga bitta katta raketali otish konteyneri ishlatiladi.