Ozarboyjon Rossiya Taşqi işlar vazirligining 15 iyul kuni Toğli Qoraboğdagi vaziyat yuzasidan bergan bayonotidan hafsalasi pir bölganini bildirdi. «Rossiya Taşqi işlar vazirligining uşbu bayonoti Ozarboyjon va Rossiya örtasida ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi deklaratsiyaga, şuningdek, Rossiya prezidentining Ozarboyjon hududiy yaxlitligi va suverenitetini qöllab-quvvatlaş, jumladan, Qoraboğ mintaqasi haqidagi gaplariga mos kelmaydi», - deyiladi 15 iyul kuni mamlakat Taşqi işlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatda.

Şu bilan birga, Boku Rossiyaning «Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan tomonidan Qoraboğni Ozarboyjonning ajralmas qismi sifatida tan olinişi kontekstida Ozarboyjon hududiy yaxlitligi va suverenitetini şarhlaş va şart qöyişga» urinişlarini «qabul qilib bölmaydigan holat» deb atadi.

Ozarboyjonning özi Boku, Yerevan va Moskva örtasidagi uç tomonlama kelişuvlarga sodiqligini namoyiş etadi, deyiladi bayonotda. «Şunga qaramay, uç tomonlama bayonot tuzilganidan keyin Armaniston uşbu hujjatning köp qoidalariga rioya qilmadi, Rossiya esa öz majburiyatlari doirasida bayonotning töliq bajarilişini ta’minlamadi», — deyiladi Ozarboyjon Taşqi işlar vazirligi xabarida.

Şu bilan birga, u şeriklar «Armanistondan Ozarboyjon hududiga harbiy texnika va minalar, noqonuniy qurolli guruhlar ötişi», şuningdek, «uçinçi davlat fuqarolarining Loçin yölagi orqali noqonuniy kirib kelişining oldini oliş uçun heç qanday çora körmagani»ni ta’kidladi.

Ozarboyjonda «mintaqadagi göyoki oğir humanitar vaziyat töğrisida»gi bayonotlar asossiz deb hisoblandi. Bundan taşqari, Boku «Ozarboyjon hududidagi arman qurolli tuzilmalarining qoldiqlari Rossiya tinçlikparvar kontingenti nazorati ostida» qöllab-quvvatlanayotganini bildirdi.