09:46 / 17.07.2023
1367

Misr O‘zbekistonda dori ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirishga qiziqish bildiryapti

O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasida Misrning ACDIMA Group holding kompaniyasi prezidenti Ulfat G‘urab bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: TASS

ACDIMA Group delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil qilish masalasi muhokama qilindi. O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu kompaniya vakillari mart oyidan buyon O‘zbekistonga bir necha bor safar uyushtirgani holda qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish, ushbu loyihalarga Misr sarmoyalarini kiritish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

ACDIMA Group kompaniyasi dastlabki bosqichda Misrda ishlab chiqarilgan dori vositalarini O‘zbekiston bozoriga olib kirishni, yaqin kelajakda esa dori-darmonlarni mahalliylashtirish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ularni qo‘shni davlatlarga eksport qilish, ushbu jarayonlarga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish hamda mutaxassislar tayyorlashni mo‘ljallamoqda. 

Amaliy safar natijadorligini oshirish va O‘zbekiston tomoni bilan aniq kelishuvlarga erishish maqsadida delegatsiyaga ACDIMA Group kompaniyasi tarkibidagi turli tuzilmalar rahbarlari kiritilgan.

Mavzuga oid
Top