Jahon | 08:30 / 17.07.2023
30843
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Qrim ko‘prigida portlashlar sodir bo‘ldi

Ko‘prikning oraliq qismlaridan biri qulab tushgani aytilmoqda. 2 kishi halok bo‘lgan, bir kishi yaralangan. Ko‘prik ustida mashinalar harakati to‘xtatilgan.

Foto: Getty Images

Qrim ko‘prigida portlashlar sodir bo‘ldi. Ayni vaqtda ko‘prikda harakatlanish to‘xtatilgan, Krasnodar o‘lkasidan ko‘prikka kirish qismida ulkan tirbandlik yuzaga kelgan.

Baza Telegram-kanali ko‘prikning oraliq qismlaridan biri qulab tushgani va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgani, yana bir kishi jarohatlangani haqida yozmoqda. 

Qrim rahbari Sergey Aksyonov «Qrim ko‘prigi orqali sayohat qilishdan tiyilishga va xavfsizlik nuqtayi nazaridan yangi hududlar orqali muqobil quruqlik yo‘lini tanlashga» chaqirgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘prikda «145-ustunli hududda favqulodda vaziyat yuzaga kelgan».

  • 2022 yil 8 oktyabr kuni ertalab soat 6 da yuk mashinasi Taman yarimoroli tomondan Qrim ko‘prigining avtomobil qismida portlab ketgandi. Ayni vaqtda, Krasnodar o‘lkasi tomon harakatlanayotgan ko‘prikning temiryo‘l qismida bo‘lgan poyezdda yettita yonilg‘i baki yonib ketgan. 
  • Ko‘prikning ikkita avtomobil qismi qulab tushdi, natijada to‘rt kishi halok bo‘ldi. Rossiyada hodisa natijasida terakt bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid