«Ğalla bitimi»ning amal qilişi 17 iyuldan boşlab tugaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Kreml vakilining sözlariga köra, bunga Rossiya qöygan şartlar bajarilmagani sabab bölgan.
«Aslida Qora dengiz kelişuvlari bugundan boşlab öz kuçini yöqotdi. Rossiya prezidenti avvalroq aytganidek, muddat 17 iyulda tugadi. Afsuski, uşbu Qora dengiz kelişuvlarining Rossiyaga tegişli qismi şu paytgaça bajarilmagan, şuning uçun uning amal qiliş muddati tugatildi. Şartnomalarning Rossiyaga taalluqli qismi bajarilişi bilanoq, Rossiya bitimlarni amalga oşirişga darhol qaytadi. De-fakto, vaziyat şunday», dedi u.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova, öz navbatida, Moskva allaqaçon BMT, Ukraina va Turkiyani «kelişuvni uzaytirişga qarşi ekani haqida» rasman xabardor qilganini aytdi. Rossiyaning Ukrainadagi elçisi Boris Grizlov sözlariga köra, Minskda Ukraina tomoniga tegişli nota topşirilgan.
Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT iştirokida 2022 yil iyul oyida Qora dengiz portlaridan don eksporti böyiça kelişuv imzolagan edi. Uning doirasida Ukraina ğallasi asosan Afrika va Yaqin Şarq mamlakatlariga yetkazib beriladi.
Rossiya kelişuvni uzaytiriş uçun bir qança şartlarni ilgari surmoqda. Zarur şartlar qatorida Rossiya hukumati «Rosselxozbank»ni SWIFT tizimiga qayta ulanişi, qişloq xöjaligi texnikasi va ehtiyot qismlarini yetkazib berişni qayta tiklaş, suğurta va qayta suğurtalaş böyiça çeklovlarni bekor qiliş, portlarga kirişga qöyilgan taqiqni olib taşlaşni körsatgan.













