Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning ğalla bitimidan çiqişiga qaramay, Kiyev Qora dengiz orqali don yetkazib berişni davom ettirişi mumkinligini aytdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sergey Nikiforov xabar berdi. 

«Rossiyasiz ham biz Qora dengiz yölagidan foydalanişimiz uçun hamma narsani qiliş kerak. Biz qörqmaymiz. Bizga kemalarga egalik qiluvçi kompaniyalar murojaat qilişdi. Agar Ukraina ğalla yetkazib bersa, Turkiya esa kemalarni ötkazib yuborsa, kompaniyalar ğalla taşişni davom ettirişga tayyor ekanligini aytişdi», dedi Zelenskiy. 

Prezident don bitimi doirasida ikkita şartnoma imzolanganini eslatdi. Birinçisi, Rossiya, Turkiya va BMT tomonidan, ikkinçisi Ukraina, Turkiya va BMT tomonidan tuzilgan. 

«Rossiya kelişuv tugaganini aytganida, BMT Boş kotibi Guterriş va prezident Erdöğan bilan kelişuvini töxtatmoqda. Biz bilan emas. Ular bilan heç qanday kelişuvimiz yöq», dedi Zelenskiy. 

Prezident sözlariga köra, Kiyev don yetkazib berişni davom ettirişga tayyor. Bu haqda Taşqi işlar vazirligiga BMT va Turkiyani xabardor qilişni topşirgan. 

Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Ğalla bitimi»ning amal qilişi 17 iyuldan boşlab tugaganini e’lon qildi. Kreml vakilining sözlariga köra, bunga Rossiya qöygan şartlar bajarilmagani sabab bölgan. 

Rossiya va Ukraina Turkiya va BMT iştirokida 2022 yil iyul oyida Qora dengiz portlaridan don eksporti böyiça kelişuv imzolagan edi. Uning doirasida Ukraina ğallasi asosan Afrika va Yaqin Şarq mamlakatlariga yetkazib beriladi.

Rossiya kelişuvni uzaytiriş uçun bir qança şartlarni ilgari surmoqda. Zarur şartlar qatorida Rossiya hukumati «Rosselxozbank»ni SWIFT tizimiga qayta ulanişi, qişloq xöjaligi texnikasi va ehtiyot qismlarini yetkazib berişni qayta tiklaş, suğurta va qayta suğurtalaş böyiça çeklovlarni bekor qiliş, portlarga kirişga qöyilgan taqiqni olib taşlaşni körsatgan.