“Kasanaçilarni jalb qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga davlat mulki obektlarini ijara tölovlarini 50 foizga kamaytirgan holda ijaraga beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
2023 yil 1 martdan 2026 yil 1 yanvarga qadar uç oydan ortiq muddatga öttiz nafardan ortiq kasanaçilarni belgilangan tartibda jalb qilgan va kasanaçilik asosida işlab çiqarilgan mahsulotlarni (körsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olgan daromadlari jami daromadi 60 foizidan köproğini taşkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga davlat mulki obektlari istisno tariqasida elektron savdolarni ötkazmasdan ijara tölovlarini 50 foizga kamaytirgan holda ijaraga beriladi.
Bunda:
a) davlat mulki obektining imtiyoz qöllaniladigan eng köp maydoni quyidagiça belgilanadi:
Toşkent şahrida – 220 kvadrat metr;
Nukus şahri va viloyat markazlarida – 240 kvadrat metr;
tuman markazlarida – 260 kvadrat metr;
boşqa hududlarda – 280 kvadrat metr.
b) mazkur imtiyoz:
öttiz nafardan ortiq kasanaçilar jalb qilingan davrga tatbiq etiladi;
Toşkent, Nukus şaharlari va viloyat markazlari hamda boşqa hududlar böyiça tegişliça hududiy zona koeffitsiyenti eng yuqori bölgan obektlarga nisbatan qöllanilmaydi.
Kasanaçilar bilan şartnoma bekor qilinişi oqibatida belgilangan şartlar buzilgan taqdirda, imtiyoz asosida ijaraga beriş şartlari buzilişi aniqlangan oydan keyingi oydan boşlab imtiyoz bekor qilinadi.
Mazkur imtiyozlar qonunçilik hujjatlariga muvofiq ijara tölovlarida imtiyozga ega bölgan tadbirkorlik sub’yektlariga tatbiq qilinmaydi.
Imtiyoz asosida ijaraga berilgan davlat mulki böyiça kommunal xizmatlar uçun tölovlar ijaraga oluvçi tomonidan amalga oşiriladi. Imtiyoz davlat mulkini xususiylaştiriş dasturlariga kiritilmagan davlat mulki obektlariga nisbatan tatbiq etiladi.

















