Azov komandirlari Turkiyadan Ukrainaga qaytarildi, Kreml rasmiysi Dmitriy Peskov esa kelişuv buzilganini aytib, bundan Rossiya tomoni ogohlantirilmaganini bildirdi. Xöş, Turkiya vositaçiligidagi kelişuvning buzilişi Anqara va Moskva munosabatiga qanday ta’sir qiladi?

Kun.uz`ning “Geosiyosat” ruknida bu mavzu yuzasidan siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Sayfiddin Jörayev söz yuritdi.

— Uruş oxirigaça Turkiyada qolişi közda tutilgan Azov harbiylarining Ukrainaga qaytarilişi Rossiya–Turkiya munosabatlariga qanday ta’sir qiladi?

Kamoliddin Rabbimov: Turkiya Rossiya va Ukraina örtasida qandaydir muvozanat saqlaşga, vositaçi bölişga harakat qildi. Ikki tomon bilan ham öz manfaatlari doirasida muvozanat saqladi: uruş boşidan Ukrainaga uçuvçisiz «Bayraktar» qiruvçi samolyotlarini berib keldi, lekin Rossiyaga nisbatan bölgan iqtisodiy sanksiyalarning birortasiga qöşilmadi. Ikki tomon bilan ham intensiv hamkorlik qildi.

Erdöğan şu haftada Rossiya manfaatlariga qarşi bölgan 3 ta qadam taşladi: Azov harbiy zobitlarining berilişi, Ukrainaning NATOga a’zo bölişini töliq qöllaşi va Şvetsiyaning NATOga qöşilişiga bölgan vetoning olib taşlanişi. Bu şuni körsatadiki, Turkiya töliq Kollektiv Ğarb tomonga, ya’ni Ukraina tarafiga ötdi. Bu jarayonni rus propagandasi juda oğriqli qabul qildi.

Sayfiddin Jörayev: Fikrimça, heç qanday ta’sir qilmaydi Rossiyaga. Turkiya bilan kelişuvlar vaziyatdan kelib çiqib qilingan edi. Asirlarni almaşiniş kabi holatlar doim bölgan.

— Munosabatlar tarozisi buzilganiga qaramay, Peskov NATO sammiti arafasida Turkiyaga bosim qilinganini, Rossiyadagilar Anqara alyans a’zosi sifatida birdamlik körsatganini töğri tuşunişini ta’kidladi. Lekin parda ortida qandaydir muhokamalar bölişi turgan gap. 17 iyulda yakunlangan «Don bitimi» kelajagi ham bugun mavhum. Harholda Rossiya bitimni yangilamoqçi emas. Ukrainadagi uruşda barçaning könglini birdek olişga harakat qilayotgan Turkiya Rossiyaga nisbatan siyosiy vektorini özgartirdi, deyişimiz mumkinmi?

Kamoliddin Rabbimov: Deylik, 100 foizlik körsatkiçda olsak, Turkiya 55 foiz Ukraina tarafda, 45 foiz Rossiya. Muvozanatni uşlaş uçun Turkiya Rossiyaga nimalardir taklif qilişi kerak. Avgust oyida böladigan Erdöğan va Putin uçraşuvida Erdöğan vositaçilikni yo uruşni tezroq tugatişni taklif qiladimi, köramiz. Balki uruşdan Putinning yoruğ yuz bilan çiqişini ta’minlaydigan nimadir taklif qilar.