Rossiya Mudofaa vazirligi 20 iyul soat 00:00 dan boşlab «ğalla bitimi» tugatilişi munosabati bilan Qora dengizda Ukraina portlariga ketayotgan barça kemalarni ehtimoliy harbiy yuk taşuvçi sifatida körib çiqadi. Bunday kemalarning bayroqli davlatlari Ukraina tomonidagi uruşda qatnaşgan hisoblanadi.
Rossiya bunday kemalarga zarba beradimi yoki ularni qölga oladimi, Mudofaa vazirligi bunga aniqlik kiritmagan.
Şuningdek, Qora dengiz xalqaro akvatoriyalarining şimoli-ğarbiy va janubi-şarqiy qismidagi bir qator hududlar navigatsiya uçun vaqtinça xavfli deb e’lon qilindi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 17 iyul kuni «ğalla bitimi» töxtatilganini ma’lum qilgan edi. Bunga bitimdagi Rossiya manfaatlarini közda tutuvçi şartlar bajarilmagani sabab qilindi.
Rossiya va Ukraina Turkiya va BMT iştirokida 2022 yil iyul oyida Qora dengiz portlaridan don eksporti böyiça kelişuv imzolagan edi. Uning doirasida Ukraina ğallasi asosan Afrika va Yaqin Şarq mamlakatlariga yetkazib berildi.













