Rossiya naşrlari FXXning iste’fodagi ofitseri, «DXR» sobiq mudofaa vaziri Igor Strelkov qölga olinganini yozmoqda. Bu ma’lumot Strelkovning Telegram-kanalida ham tasdiqlandi.
Avvaliga RBK naşri huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi ikki manbasi va uning advokatiga tayanib, Igor Strelkov (Girkin) qölga olinganini xabar qildi. Unda yozilişiça, 21 iyul kuni tuş vaqtida FXXning iste’fodagi ofitseri va özini mustaqil deb e’lon qilgan «DXR»ning sobiq mudofaa vazirini uyidan olib ketişgan. Uning kvartirasida tintuv işlari olib borilmoqda.
Strelkovning qölga olinganini uning rafiqasi Miroslava Reginskaya ham tasdiqlagan. Uning bayonoti Strelkovning kanalida e’lon qilindi.
«Bugun soat 11:30 lar atrofida Tergov qömitasi vakillari uyimizga kelişgan, men bu vaqtda uyda emasdim. Qorovulning aytişiça, erimni noma’lum tomonga olib ketişgan. Döstlarim orqali erimga jinoyat kodeksining 282-moddasi (ekstremizm) böyiça ayb qöyilayotganini aniqladim. Uning qayerda ekanini bilmayman, haligaça aloqaga çiqqani yöq», degan ayol Strelkovning kanalida e’lon qilingan bayonotda.
RBK manbasiga köra, Strelkovni «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi sobiq xodimining arizasiga köra qölga olişgan.
Putinni köp tanqid qilayotgandi
Igor Strelkov «Novorossiya» harakatining eng faol vakillaridan hisoblanadi va Rossiyaning Ukrainaga bosqinini faol qöllaydi. U uruş boşlanganidan buyon Rossiya rahbariyatini yetarliça keskin harakat qilmaslikda ayblab keladi. Oxirgi vaqtlarda Strelkov töğridan töğri Rossiya prezidenti Putinni tanqid qilayotgan, ommaviy uçraşuvlarida ham prezident iste’foga çiqişi kerakligini aytayotgandi.
Şuningdek, Strelkov «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin bilan ham dahanaki jangga kirişgandi. Ayniqsa Prigojinning amalga oşmagan isyonidan keyin Strelkov favqulodda faollik bilan «Vagner»ni tanqid qilişga tuşdi.
2022 yil noyabr oyida Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi Strelkovni 2014 yil Donbassda urib tuşirilgan Malayziyaning «Boing» samolyoti böyiça işda aybdor deb topgandi. Haaga sudi Strelkovni sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.
Kvaçkovdan keyin













