Muxolifatchi siyosatchiga 20 yil maxsus rejimli koloniya so‘ralgani haqida «Navalniy jamoasi» xabar berdi. Hukm 4 avgust kuni e’lon qilinadi.
Bu ishda ishtirok etgan yana bir shaxs, «Navalniy LIVE» YouTube kanalining sobiq texnik direktori Daniel Xolodniyga prokuror 10 yil umumiy rejimdagi koloniya jazosini so‘radi.
Navalniyning sheriklari YouTube ijtimoiy tarmog‘ida siyosatchining so‘nggi so‘zini e’lon qilishdi. Uni taniqli odamlar o‘qidi: aktrisalar Olga Vasileva va Olga Troyanova, aktyor Dmitriy Nazarov, qo‘shiqchi Monetochka, reper Vladi, rejissyor Andrey Zvyaginsev va boshqalar.
– Menga hamyurtimiz, filologiya fanlari doktori, professor Lotmanning so‘zlari juda yoqadi. Talabalar bilan gaplashar ekan, u bir marta shunday degan edi: «Inson doim kutilmagan vaziyatda bo‘ladi. Va bu holatda uning ikki oyog‘i bor: vijdon va aql», dedi Navalniy so‘nggi so‘zida. - Vijdonning oyog‘iga tayanishni istamay, mening Rossiyam bir nechta katta sakrashlarni amalga oshirdi, hammani itarib yubordi, lekin keyin sirpanib ketdi va shovqin bilan atrofdagi hamma narsani vayron qildi, qulab tushdi. Endi u yo loy yoki qon hovuzida, suyaklari singan, qashshoq, talon-toroj qilingan ahvoli bilan suzmoqda. Atrofda esa XXI asrning eng ahmoq va ma’nosiz urushida o‘lgan o‘n minglab odamlar yotibdi. Ammo ertami-kechmi, albatta, yana o‘rnidan turadi. Kelajakda uning nimaga tayanishi esa bizga bog‘liq».
«Meni hokimiyat va maxsus xizmat vakillari, sudyalar va «Yedinaya Rossiya» partiyasi a’zolariga nisbatan nafrat uyg‘otishda ayblashmoqda», - dedi muxolifatchi. - Yo‘q, men nafrat qo‘zg‘atmayman. Shunchaki, odamning ikki oyog‘i bor, bu vijdon va aql ekanini eslayman. Qachonki bu hokimiyat bilan sirpanib, peshonani, kelajakni yorish joningga tegsa, vijdonni inkor etish aqlning yo‘qolishiga olib kelishini nihoyat tushunib yetganingda, balki odam turishi kerak bo‘lgan o‘sha ikki oyoq ustiga turib qolarsan va shunda biz kelajakdagi go‘zal Rossiyani yaqinlashtira olamiz».
Qonunga muvofiq, jinoyatni o‘ta xavfli tarzda takror sodir etgan, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan, shuningdek, o‘lim jazosi muayyan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlar jazoni alohida tartibdagi axloq tuzatish koloniyalarida o‘taydi.
Yashirin jarayon
18 iyul kuni Navalniy bir oy avval boshlangan va jamoatchilik bilan jurnalistlar uchun yopiq tarzda o‘tkazilgan sud jarayoni yakunlanayotganini yozgan edi: «Munozara, yakuniy so‘z va hukm qoldi».









