Rossiyada çaqiruv yoşi bundan buyon 18 yoşdan 30 yoşgaça böladi. Rossiya Davlat dumasi harbiy yoşning pastki çegarasini 18 yoşdan 21 yoşgaça kötarmaslik töğrisida qaror qabul qildi, şu bilan birga, yuqori çegara 27 yoşdan 30 yoşgaça kötariladi, dedi 21 iyul, juma kuni Davlat dumasi Mudofaa qömitasi rahbari Andrey Kartapolov.

«Asosiy özgartiriş şuki, yuqori çegara - bu 30 yoş. Ilgari çaqiruv yoşining quyi çegarasini 18 yoşdan 21 yoşgaça, yuqori çegarasini esa 27 yoşdan 30 yoşgaça oşiriş rejalaştirilgan edi. Ammo köpçilik yigitlar aynan 18 yoşdan xizmatga borişni xohlayapti», deya Kartapolovning sözlarini keltirgan «Kommersant» gazetasi. 

Yangi normalar 2024 yilning bahorgi çaqiriqdan kuçga kiradi, ular 2023 yilning kuzgi çaqiruviga ta’sir qilmaydi. 

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu qurolli kuçlarni isloh qiliş doirasida 2022 yil oxirida harbiy xizmatga çaqiriliş yoşini 18-27 yoşdan 21-30 yoşga özgartirişni taklif qildi. Çaqiruv yoşi çegaralari bosqiçma-bosqiç özgartirilişi taxmin qilingan edi. 

Çaqiruv yoşini 30 yoşga kötariş töğrisidagi qonun loyihasi iyun oyining örtalarida Davlat dumasi tomonidan birinçi öqişda ma’qullangan. Hujjat loyihasida harbiy xizmatga çaqirilişning quyi yoş çegarasini bosqiçma-bosqiç oşiriş közda tutilgan: 2024 yilda 19 yoşdan 30 yoşgaça, 2025 yilda – 20 yoşdan 30 yoşgaça, 2026 yilda – 21 yoşdan 30 yoşgaça. Şu bilan birga, harbiy xizmatni ötaş istagida bölgan fuqarolar har qanday holatda ham 18 yoşdan boşlab harbiy xizmatga kirişi mumkinligi ta’kidlanadi.