Insayder Fabritsio Romano xabariga köra, Parij klubi futbolçining jamoani 2024 yilda erkin agent sifatida tark etiş qaroridan kelib çiqib, uni transferga qöyişga qaror qilgan. 

L’Equipe xabariga köra, Mbappe kelişuvni uzaytirmasa yoki şu yozdayoq boşqa klubga ötişni istamasa, «PSJ» rahbariyati 24 yoşli fransuzni transfer oynasi yopilgunça tarkibdan vaqtinçalik çetlatiş masalasini körib çiqmoqçi.

Qayd etilişiça, Kilian böyiça allaqaçon bir neça klubdan taklif tuşgan.

Avvalroq, «PSJ» Mbappeni Yaponiyadagi turnega boradigan tarkibdan olib taşlagani ma’lum qilingandi. Futbolçi 2024 yil erkin agent sifatida «Real»ga ötişni rejalaştirgan.