Bosqinning ilk kunlarida, dunyo Ukrainaning qulaşini kutayotgan bir vaqtda Kiyevni taşlab ketmagan Volodimir Zelenskiy, qat’iyatli videobayonotlari orqali özidagi işonç va jasoratni ukrain xalqiga yuqtirgani bilan, uruşdagi birinçi qahramonga aylanib ulgurgan edi.

Insoniyat tarixi – katta voqea va hodisalardan, tub burilişlardan iborat. Bundan yirik voqea-xodisalar, tub burilişlar esa, öşa davrdagi muhim qarorlarni qabul qilayotgan şaxslar va ularning şaxsiyatlariga borib taqaladi.

Bugun dunyoda yirik uruş ketmoqda. Rossiya Federatsiyasining Ukraina hududiga bostirib kirganiga salkam bir yarim yil bölyapti. Bu uruş – ikkinçi jahon uruşidan keyingi eng yirik va noqonuniy agressiyalardan biri. Bu uruş nafaqat butun dunyoni, eng avvalo, post-sovet hududini, jumladan Markaziy Osiyoni larzaga soldi. Bu uruş dunyo ekspertlari tomonidan “21-asrdagi imperiyaçilik uruşi” deb nomlandi.

Uruş çözilib ketdi. Avvaliga, uzoği bir-ikki haftada Rossiyaning mutlaq ğalabasi bilan tugaşi taxmin qilingandi. Lekin Moskvaning rejalari töliq buzilib ketdi. Bu rejalarning amalga oşmasligiga köplab omillar sabab böldi. Bu omillar içida eng muhimlaridan biri – uruş boşlangan kunlari katta jasorat va matonat körsata olgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning şaxsiyati böldi.

Tarix – şaxslar va ularning rollaridan iborat. Rossiya Ukrainaga tösatdan bostirib kirganida, AQŞ va Angliya Zelenskiyga boşpana taklif qildi. Qolaversa, unga tezda Kiyevdan yoki Ukrainadan çiqib ketiş ham maslahat berilgan edi. Ya’ni AQŞ boşçiligidagi ğarb davlatlarining işonçi komil ediki, Zelenskiy boşçiligidagi Ukraina hukumati uzoq yaşay olmaydi, Rossiyaning harbiy bosimlariga doş bera olmaydi. Lekin kutilmaganda Zelenskiy boşpana taklifini qabul qilmadi. Aksinça, tarixda qolgan jumla bilan javob berdi: “Siz menga boşpana emas, qurol-yaroğ bering”.

1978 yil yanvarida Ukrainada tuğilgan Volodimir Zelenskiy professional siyosatçi emas. 2019 yil 21 aprelda ötgan prezidentlik saylovida sobiq prezident Poroşenko ustidan 73,22 foizlik katta farq bilan ğalaba qozongan edi. Unga qadar, Zelenskiy heç qaçon davlat işida işlamagan, biron marta ham saylanadigan lavozimlarda bölmagan edi. Zelenskiyni Ukraina xalqi hajvçi aktyor sifatida tanir edi xolos.

U özining saylov kampaniyasini “Rossiya bilan tinçlik sulhiga erişiş”, “tinç yaşaş” şiorlari ostida olib bordi. Qolaversa, u korrupsiya bilan qattiq kuraşişni va’da berdi. Biroq, saylovlar ötgaç, Putin u bilan körişişni istamadi. Kutilmaganda, 2022 yilning 24 fevralida, Putin Ukrainaga vajohat bilan bostirib kirdi.