Viloyatlar orasidagi YPX muntazam postlari nihoyatda köpligi tanqid qilingaç, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi №377-sonli qaroriga köra, Surxondaryo viloyatida ikkita — «Manguzar» va «Darband» muntazam YPX maskanlari qoldirilgan edi.
Hukumatning şu qarorida faoliyati tugatiladigan yöl-patrul xizmati statsionar postlari va patrul-post xizmati postlari röyxati ham keltirilgan.

Ana şu keyingi röyxatdagi postlarning ham ayrimlari yana faoliyat boşlagan, postlarda DYHXX avtomaşinalari va YPX inspektorlari turibdi.

Vaziyatdan xabardor haydovçilarning aytişiça, bu postlar iyun oyi boşida ğalla mavsumida hosil ortgan yuk maşinalari harakatini tartibga soliş uçun faoliyat körsata boşlagan, ğalla mavsumi tugasa-da, olib taşlanmagan.
Hozirça heç bir haydovçidan bu borada tahririyatga şikoyat kelib tuşgani yöq yoki ijtimoiy tarmoqlarda biror norozilik bildirilmadi. Lekin eski postlar rasmiy xabar berilmasdan tiklangani ajablanarli.

Surxondaryo viloyat IIB JXD va YHXB matbuot xizmati rahbari Elnur Abrayevning tuşuntirişiça, bularning barçasi haydovçilar xavfsizligini öylab qilinmoqda.
«Yoz faslida kunduz kuni kunlar qizib ketişi sababli, viloyatimizdagi haydovçilar uzoq manzillarga asosan tungi salqinda yölga çiqişmoqda.
Oçiği, yozda haydovçi uxlab qolib avtohalokat sodir etişi kabi hodisalar birmunça köpayganidan söng şunday postlarni vaqtinçalik çora sifatida qöllaşga majbur bölmoqdamiz.














