Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida barcha hududlarga nisbatan salqin havo kirib keladi
Boshlangan haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, kunduz kunlari harorat +39...+42 darajaga, janubda va cho‘l hududlarda, shuningdek 24-25 iyul kunlari respublika shimolida ba’zi joylarda +43...+44 darajaga yetadi.
27 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga, 28 iyulda respublikaning barcha hududlariga Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo kirib keladi va harorat +35...+38 darajagacha, janubda +40...+42 darajagacha biroz pasayadi. Bunday harorat hafta oxirida ham saqlanib turadi.
Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-22 m/m gacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Tog‘li hududlarda 24 iyulda kunning ikkinchi yarmida va hafta oxirida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Poytaxtda 24-27 iyul kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Harorat 24-27 iyulda +39...+42 daraja, 28 iyulda +38...+40 daraja bo‘ladi.
Ushbu haftada kunlar issiq bo‘lishiga qaramay, havo harorati o‘tgan yillarda o‘rnatilgan rekord ko‘rsatkichlarga yetib bormaydi. Respublika hududining katta qismida eng issiq iyul oylarida maksimal havo harorati +43...+46 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +47...+49 darajani tashkil etgan.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
11:37 / 22.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
11:03 / 19.06.2026