Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoning ta’kidlaşiça, Belarusda joylaşgan «Vagner» XHK «yollanma askarlari», uning sözlariga köra, «Varşavaga ekskursiyaga borişni» xohlayotgani sababli vaziyatni «qiyinlaştirişni boşladi». Lukaşenko bu haqda 23 iyul, yakşanba kuni Sankt-Peterburgda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvda gapirdi.
«Balki men buni aytmasligim kerakdir, lekin aytaman. «Vagnerçilar» vaziyatni qiyinlaştirişni boşladi. «Ğarbga ketmoqçimiz. Bizga ruxsat bering», deyişyapti. Men nega buni xohlaşayotganini sörasam, ular Varşavaga, Jyeşuvga ekskursiyaga borişni istaşayotganini aytyapti. Men ularni markazda, kelişilgandek, Belarusda uşlab turibman, ularni u yerga köçirmoqçi emasman, çunki kayfiyati yaxşi emas. Ular Ittifoq davlati atrofida nima bölayotganini bilib turibdi. Şuning uçun bunga qarşi bölamiz, sizdan ham bu masalani körib çiqişingizni sörayman», dedi Lukaşenko.
«Belta» axborot agentligi xabariga köra, Lukaşenko Putin bilan uçraşuvga Polşa qöşinlarining Ittifoq davlati çegaralariga ötkazilişi körsatilgan xaritani olib kelgan. Lukaşenkoning sözlariga köra, Polşa brigadalaridan biri hozir Brestdan 40 kilometr, ikkinçisi Grodnodan 100 kilometr uzoqlikda joylaşgan.
23-24 iyun kunlari «Vagner» XHK isyonidan söng, kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojin Belarusga «ketişi» e’lon qilindi. XHK yollanma askarlariga uyga qaytiş, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaş yoki Prigojinning ortidan boriş taklif qilindi.
14 iyul kuni Belarus Mudofaa vazirligi «Vagner» XHK yollanma askarlari mamlakatga kelganini ma’lum qildi. Idora Belarusning «VoyenTV» telekompaniyasi materialini çiqardi, unda Mogilev viloyatidagi «maşğulot joylari» haqida söz yuritilgan, u yerda «Vagner» yollanma askarlari instruktor sifatida işlaydi.
Keyinroq Mudofaa vazirligi Polşa bilan çegara yaqinida «Vagner» XHK bilan qöşma maşğulotlar ötkazişi haqida xabar berdi. Marks çaqiriq belgisiga ega bölgan XHK «qömondonlar kengaşi» a’zosi Belarusga jami 10 000 ga yaqin yollanma askar kelişini aytdi.












