OpenAI kompaniyasi Android qurilmalari uçun ChatGPT ilovasini işga tuşirdi.

Uni Google Play orqali yuklab oliş mumkin. Biroq, ilova hozirça faqat AQŞ, Hindiston, Bangladeş va Braziliyada işlaydi. Kompaniya yaqin kelajakda uşbu röyxatni kengaytirişni va’da qilmoqda. Kelgusi hafta unda yangi davlatlar paydo bölişi kutilmoqda.

Qayd etilişiça, mobil çatbot özining veb-versiyasidan farq qilmaydi va bir xil funksiya va imkoniyatlarni taqdim etadi. Faqat interfeys biroz farq qiladi - u smartfonlar uçun moslaştirilgan.

Ilgari ChatGPT rasmiy ravişda iOS qurilmalari uçun ham işlab çiqilgan edi. Dastlab u faqat AQŞ hududida işladi, ammo hozir uni 50 dan ortiq mamlakatlarda yuklab oliş mumkin.

Eslatib ötamiz, ChatGPT ilovasi va veb-versiyasi Özbekiston uçun mavjud emas va çatbotda özbek mobil operatorlari telefon raqamlaridan foydalanib akkaunt oçib bölmaydi.