Strelkov qölga olingani haqida avvaliga RBK naşri öz manbalariga tayanib xabar berdi. Keyinroq Strelkovning 800 mingdan ortiq öquvçisi bölgan Telegram-kanalida uning qölga olingani haqida xotini Miroslava Reginskayaning bayonoti çiqdi. Ayolning sözlariga köra, erini noma’lum tomonga olib ketişgan, bu vaqtda u uyda bölmagan.

Keçga yaqin Strelkov qölga olingani va ekstremizmda ayblanayotgani rasman tasdiqlandi. Meşçanskiy sudi saytida bu borada ikki enlik xabar berildi. Strelkov Rossiya jinoyat kodeksining 280-modda 2-qismida körsatilgan internet orqali ekstremizmga çorlaş jinoyatini sodir etgani isbotlansa, 5 yilgaça qamalişi mumkin.

Strelkovga nisbatan bungaça ham sud hukmi çiqqanini unutmaslik kerak. 2022 yil noyabr oyida Haaga sudi Malayziyaning «Boing» samolyotini urib tuşirişda Strelkovni aybdor deb topib, uni bir umr qamoq jazosiga hukm qilgan.

«Davlat odami»

Haaga sudi bir umrlik qamoq hukmini çiqarganda Strelkovni heç kim himoya qilmagandi. Moskvadagi sudda esa uning himoyasiga advokat Aleksandr Moloxov hozir böldi. Bu advokat öz vaqtida «MMM» iqtisodiy piramidasi asosçisi Sergey Mavrodani, millatçi Daniil Konstantinovni, mudofaa vazirligi mansabdori Yevgeniya Vasilevani, milliarder Oleg Deripaskaning xuştori ekani aytilgan eskort xizmati vakili Nastya Ribkani, «Yabloko» partiyasi yetakçisi Sergey Mitroxin va hatto qamoqda ölib ketgan auditor Sergey Magnitskiyni himoya qilgan. Advokat Moloxov 2014 yilda «Yabloko» partiyasidan Moskva şahar dumasiga saylaniş uçun nomzod ham bölgan.

Bu gal maşhur advokatda öz mijozini örganiş uçun köp vaqt bölmadi va ular sud zalidagina uçraşişdi. Soat 17:00 atrofida Strelkovni sud zaliga olib borib, «qafas»ga tiqişdi. Uning yonida yuziga niqob tutgan FSB zobiti turgandi. Strelkov OAV vakillari bilan gaplaşişdan boş tortdi.

Igor Girkin (Strelkov)ga Meşçanskiy sudida qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllandi.
Foto: SERGEI BOBYLEV/TASS

«Girkin maşhur odam, huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan aloqalari bor», dedi FSB tergovçisi uni qölga oliş zarur bölganini ta’kidlar ekan. Tergovçining sözlariga köra, Strelkov tezkor-qidiruv işlari olib boradigan bölinmada xizmat qilgan va ozodlikka çiqsa, osongina yaşirina oladi.

«Igor Ivanoviç tizimga begona emasligi uning foydasiga xizmat qilişi kerak. Axir u davlat odami. Mijozim aybini tan olmaydi, yaşiriniş yoki tergovdan nimanidir berkitişni maqsad qilmagan», dedi advokat. U FSB keltirgan argumentlarni asossiz deb atagan.