Samarqand şahri Şirin massivi hududida 2023-2030 yillarda Şirin zamonaviy işbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksi quriladi. Bu borada prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan şaharçani quriş böyiça direksiya tuzildi. Direksiya direktori boş vazir bilan kelişgan holda Samarqand viloyati hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi. Direksiyaning huquqlari quyidagilar deb belgilandi:

  • şaharçani barpo etiş böyiça manzilli dasturlarni işlab çiqiş va tasdiqlaş;
  • davlat şerigi sifatida davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitim talablarini vakolatli davlat organlari bilan kelişgan holda belgilaş;
  • kommunal boşqariş, investitsion faoliyat, marketing, baholaş, geologiya qidiruv, topografik suratga oliş, bino va inşootlar texnik holatini tekşiriş xizmatlarini körsatiş;
  • şaharça hududida iste’molçilarga körsatiladigan kommunal xizmatlar tariflarini Vazirlar Mahkamasi bilan kelişgan holda belgilaş;
  • şaharçani barpo etiş davrida investorlarga şartnoma asosida servis, sanitariya-gigiyena, muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini körsatiş, ularni transport infratuzilmasi obektlari va yordamçi inşootlar bilan ta’minlaşni taşkil qiliş;
  • obektlarni loyihalaştiriş va quriliş işlarida iştirok etiş, mualliflik nazorati va texnik nazoratni amalga oşiriş uçun yuqori malakali xorijiy mutaxassis va konsultantlarni töğridan töğri şartnoma asosida jalb qiliş.

Şirin şaharçasi qurilişini muvofiqlaştiruvçi kengaş ham taşkil etilib, unga boş vazir Abdulla Aripov rais etib tayinlandi. Kengaşga quyidagi huquqlar berildi:

  • loyihaçilar, pudratçilar va boşqalarni tanlaşning elektron şakliga amal qilmagan holda jalb qiliş;
  • quriliş-montaj işlarini loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş bilan parallel ravişda amalga oşirişga ruxsat beriş.

Şirin massivi hududida buzilayotgan obektlarning kompensatsiya tölovlarini amalga oşiriş maqsadida Agrobank tomonidan ajratilgan 100 mlrd söm kredit va unga hisoblangan foizlar amaldagi şartnoma şartlari asosida 1 yil imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga direksiyaga qayta rasmiylaştiriladi.

2023 yil 1 sentabrga qadar